Dunyodagi eng semiz ayol hisoblangan 36 yoşli misrlik ayolning vazni 500 kilogrammga yetdi. Bu haqida Emirates 24/7 naşri xabar berdi.
Misrning şimolidagi Iskandariya şahrida istiqomat qiluvçi Imon Ahmad Abdulatiy 25 yil mobaynida öz uyini tark etmagan, çunki 11 yoşidan beri uni vazn bilan boğliq muammolar qiynaydi.
Manbaga köra, bu muammoni hal qiliş yölidagi bir neça urinişlardan keyin uning singlisi Çaymaa Ahmad Abdulatiy jamoatçilikka yordam sörab murojaat qilgan.
Imon öz onasi va singlisi bilan bir hovlida yaşaydi.
Oila a'zolarining sözlariga köra, Imon 11 yoşida falaj kasalligini boşdan ötkazgan va bu uning “töşakka mixlanib qolişi”ga va vazn töplaşiga sabab bölgan. U özi mustaqil ravişda harakatlana olmaydi, hatto hojatxonaga ham yaqinlarining yordami bilan çiqadi.
Manbada ta'kidlanişiça, Imon 5 kilogramm vazn bilan dunyoga kelgan.
Unga elefantiaz – parazit infeksiya taşxisi qöyilgan, u insonning oyoqlari va qöllarida ösimtalar paydo bölişiga olib keldi.
Tibbiyot xodimlari qizning vazni bilan boğliq muammosi uning organizmdagi suyuqlikni taşqariga çiqariş jarayonining buzilişda bölişi mumkinligini aytişgan. Bu esa hozirda uning tanasida ortiqça suyuqlikning köpligidan dalolat beradi.
Imon Qohiradagi Şoşilinç jarrohlik şifoxonasiga olib borilmasa, hayotdan köz yumişi mumkinligidan qörqmoqda.
Ma'lumotlarga köra, u vaznidagi muammo sabab maktabga ham bora olmagan.












