Naked Science naşri Heritage Daily’ga tayanib yozişiça, topilmalar Behbet-el-Hajar aholi punktida Misr Qadimiy yodgorliklar böyiça oliy kengaşi ekspeditsiyasi tomonidan aniqlangan.
Qazişmalar mahalliy aholi vakillaridan biri uyi yaqinidagi yerga işlov berayotganda yozuvli toş bölagini topib olganidan keyin boşlangan. U bu haqda yodgorliklarni muhofaza qiliş inspeksiyasiga xabar bergan.
Dastlabki tekşiruv toş arxeologik ahamiyatga ega ekanini tasdiqlagan. Şundan söng hududga maxsus komissiya va qazişma guruhi yuborilgan.
Arxeologlar ikkita mahobatli firʼavn haykalining qismlari hamda Ramses II bilan boğliq iyerogliflar bitilgan puşti granit bölagini topgan.
Oliy kengaş boş kotibi Hişam el-Leytiyning maʼlum qilişiça, birinçi haykalning boşida «pşent» deb ataladigan qöş toj tasvirlangan. U Yuqori Misrning oq va Quyi Misrning qizil tojlarini birlaştirib, ikki hududning firʼavn hokimiyati ostidagi birligini ifodalagan.
Haykal orqasidagi tayanç ustunning bir qismi ham saqlangan. Unda firʼavnning rasmiy unvonlari tarkibiga kirgan Gor nomi - «Xor-ka-naxt-meri-maat» yozuvi bor. Bunday nom hukmdorning Gor xudosi bilan boğliqligi va taxtga qonuniy huquqini taʼkidlagan.
Ikkinçi topilma - boşqa bir firʼavn haykalining qariyb 2,4 metr balandlikdagi saqlanib qolgan qismi. Arxeologlar bu haykal ham Ramses II ni tasvirlaşi mumkin deb hisoblamoqda.
Uning oyoqlari va tagligi yöq, ammo yuqori qismida firʼavnlarga xos yöl-yöl «nemes» boş kiyimi aks etgan. Boş kiyimning tepa qismi qisman yöqolgan bölsa-da, haykalning boşi va yuz çizgilari ança yaxşi saqlangan.
Buyuk Ramses nomi bilan ham tanilgan Ramses II Yangi podşolik davrida Misrning XIX sulolasiga mansub uçinçi firʼavn bölgan. U taxminan miloddan avvalgi 1279–1213-yillarda hukmronlik qilgan. Olti ön yillikdan ortiq davom etgan hukmronligi yirik qurilişlar, harbiy yurişlar hamda Misr va Nubiyada mahobatli ibodatxonalar va haykallar bunyod etilişi bilan ajralib turadi.












