Özbekiston fuqarolarining Misrga kirişiga oid yangi qoidalarni joriy etiş muddati 2027-yil 1-martga qadar keçiktirildi. Bu haqda Özbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Xabarda Özbekiston tomoni Misr bilan töğridan töğri muzokaralar olib borişi natijasida mamlakat fuqarolarining uşbu hududga kiriş tartibini qatʼiylaştiriş böyiça avval qabul qilingan qarorni qayta körib çiqiş yuzasidan kelişuvga erişilgani qayd etilgan.
Şu tariqa, yangi qoidalar kuçga kirguniga qadar fuqarolar Misrga amaldagi tartib asosida sayohat qilişi mumkin.
Şu bilan birga, Özbekiston TIV xorijiy hamkorlar bilan fuqarolarning çet elga safar qiliş imkoniyatlarini kengaytiriş, vizasiz rejimlarni joriy etiş hamda boşqa xorijiy davlatlar bilan mavjud safar tartib-taomillarini soddalaştiriş borasida izçil işlarni davom ettirmoqda, deyiladi xabarda.
Öz navbatida, fuqarolar xorijiy davlatlarga safar qiliş çoğida mahalliy qonunçilik va belgilangan tartib-qoidalarga qatʼiy rioya etiş, viza va migratsiya talablarini bajariş, şuningdek, borilayotgan mamlakatning milliy qadriyatlari, anʼanalari va jamoat tartibini hurmat qilişga çaqirildi.
«Har bir fuqaroning xorijda masʼuliyatli xulq-atvor namoyon etişi Özbekistonning ijobiy imijini mustahkamlaş va mamlakatimizning xalqaro hamkorligini yanada rivojlantirişga xizmat qiladi», deyiladi idora xabarida.
Eslatib ötamiz, avvalroq 1-noyabrdan Özbekiston fuqarolari Sinay yarimoroli, jumladan, Şarm-al-Şayxga (Misr) oldindan viza olmasdan kira olmasligi xabar qilingandi.

















