Internetda AQŞ va Britaniya televideniyelari örtasidagi farq namoyiş qilindi. AQŞning Fox News va Buyuk Britaniyaning BBC telekanallari yangiliklar dasturlaridan olingan lavhalar birlaştirilgan rolik LowkeyMo taxallusi ostidagi foydalanuvçi tomonidan tvitterda çop etildi va 4 ming repost töpladi.
Videoda Fox News boşlovçisi Janin Piro tomoşabinlarga ularning bari xavf ostidaligini ma'lum qiladi. "Biz ularni öldirişimiz kerak", deydi Piro va "Ularni bombardimon qiliş kerak, söngra yana bombardimon qiliş kerak!" deb qöşimça qiladi. Bu orada BBC boşlovçisi Dandi şahrida (Şotlandiya) tovuq yölning belgilanmagan qismidan ötgani uçun hibsga olinganini ma'lum qiladi.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari rolik ostida qoldirilgan izohlarda agar tovuq AQŞda yölni notöğri joydan ötganda uni otib taşlaşgan yoki bombardimon qilişgan bölişlari haqidagi fikrga kelişgan. "Juda omadli quş ekan", deb aytgan foydalanuvçilardan biri tovuqning Şotlandiyadaligiga şa'ma qilib.











