20:24 / 25.10.2016
15633

Kechki dayjest: 25 oktabrning eng muhim xabarlari

Yakunlanib borayotgan 25 oktabr O‘zbekiston va jahonda yuz bergan turli voqea-hodisalarning eng saralari Kun.uz dayjestida.

O‘shga yo‘l oladigan delegatsiyaga Adham Ikromov boshchilik qiladi


Foto: gov.kg

2016 yilning 26 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Adham Ikromov boshchiligidagi delegatsiya ikki tomonlama kelishuvlarni amalga oshirish maqsadida javob tariqasidagi tashrif bilan O‘sh shahrida (Qirg‘iziston Respublikasi) bo‘ladi.

>>> Batafsil.

Shavkat Mirziyoyev: Ijtimoiy muammolarni hal etish uchun 15 dastur qabul qilinadi


Foto: uzlidep.uz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligi uchun O‘zLiDeP partiyasi nomzodi Shavkat Mirziyoyev, partiyaning shu yil 19 oktabrda bo‘lib o‘tgan s'yezdida qilgan ma'ruzasida mamlakatdagi ijtimoiy muammolarni hal etishga doir hukumat rejalarini e'lon qildi.

>>> Batafsil.

O‘zbekiston parlament delegatsiyasi AQSh va Buyuk Britaniyaga safar uyushtirdi


Foto: «Jaxon» AA

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Tashqi siyosat masalalari qo‘mitasi raisi Sodiq Safoyev boshchiligidagi O‘zbekiston parlament delegatsiyasi uch kunlik tashrif bilan AQShga keldi.

>>> Batafsil.

Qora dengizga RQM tizimiga ega bo‘lgan AQSh esminetsi kirdi


Foto: sknews.ru

Qora dengizga raketalar hujumiga qarshi mudofaa tizimi Aegis bilan qurollangan AQSh harbiy-dengiz kuchlarining Carney eskadra minatashuvchisi kirdi.

>>> Batafsil.

YeI qaroridan so‘ng besh davlat Rossiyaga qarshi sanksiyalarni uzaytirdi


Foto: EPA

Yevropa Ittifoqi qaroridan so‘ng besh davlat, jumladan Ukraina ham Rossiyaga qarshi jazo choralarini uzaytirishni ma'qulladi.

>>> Batafsil.

Pokistonda politsiya akademiyasiga hujumda qurbon bo‘lganlar soni 59 nafarga yetdi


Foto: REUTERS

Pokistonning Kvetta shahridagi politsiya akademiyasiga jangarilar hujum qilishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 59 nafarga yetdi.

>>> Batafsil.

Turkiyaning Antaliya shahrida portlash ro‘y berdi


Foto: Haberturk

Turkiyaning Antaliya shahridagi savdo-sanoat palatasi binosi yaqinidagi avtoturargohda portlash ro‘y berdi.

>>> Batafsil.

Filippin prezidenti kim bilan harbiy ittifoqqa ega bo‘lishini ma'lum qildi

Nazvaniye

Filippin faqat AQSh bilan harbiy ittifoqqa ega bo‘ladi va boshqa davlatlar bilan shu yo‘nalishda munosabatlar o‘rnatish niyatida emas. Bu haqda, respublika prezidenti Rodrigo Duterte Yaponiyaga tashrifi arafasida yaponiyalik jurnalistlar bilan muloqotida so‘z yuritgan.

>>> Batafsil.

Gul o‘rniga qurol: Suriya va Iroqdagi xotin-qizlar IShID bilan qanday kurashishmoqda?


Foto: AFP

25 oktabr kuni BMT Xavfsizlik tashkiloti mojarolarni hal etish va tinchlikni saqlashda ayollarning tutgan o‘rnini muhokama etmoqda. “Ayollar, tinchlik va xavfsizlik” mavzusida ochiq bahslar o‘tkazilmoqda.

>>> Batafsil.

Suriyalik rassom Yaqin Sharqning “Ozodlik haykali”ni yaratdi


Foto: Twitter/ianbremmer

22 oktabrda Suriyaning Halab shahrida Amerikadagi “Ozodlik haykali”ning muqobili paydo bo‘ldi.

>>> Batafsil.

Nadejda Savchenko Ukraina xavfsizlik xizmatida tergov qilindi


Foto: Globallookpress.com

Ukraina xavfsizlik xizmati Oliy Rada deputati Nadejda Savchenkoni Ukraina hududiy yaxlitligiga rahna solish va terrorchilik tashkilotlarini tashkil etish ishi bo‘yicha guvoh sifatida so‘roq qilgan.

>>> Batafsil.

BMT: IShID qamal vaqtida Mo‘sulda turli vahshiyliklarni amalga oshirmoqda


GETTY IMAGES

 

BMTning Inson huquqlari bo‘yicha boshqarmasi Iroq harbiylari va xalqaro koalitsiya qamalida qolgan Mo‘sul shahri va atrof hududlarda IShID jangarilari tinch aholi vakillarini turli qiynoqlarga solayotgani haqida ma'lum qildi.

>>> Batafsil.

Saudiya Arabistoni neft qazib olish bo‘yicha yetakchi o‘ringa chiqdi


Foto: © SS0

Avgust oyida kuniga o‘rtacha 10,36 mln barrel neft qazib olgan Rossiya neft qazib olish hajmi bo‘yicha Saudiya Arabistonidan orqada qoldi. Bundan Rossiya statistika qo‘mitasi – Rosstat ma'lumotlari guvohlik bermoqda.

 >>> Batafsil.

Yangi qon quyishning foydasi inkor etildi


Foto: IFLScience

Tibbiyotdagi yangi olingan qon (unda uzoq muddat saqlanmagani uchun cho‘kma mavjud bo‘lmaydi) quyish amaliyoti (gemotransfuziya) bemorlar orasidagi o‘lim hollarini kamaytirmaydi. Kanadaning Makmaster Universiteti olimlari bir necha o‘n minglab qon qabul qiluvchilarning ahvolini o‘rganib, shunday xulosaga kelishdi. Ularning ishlari xususida EurekAlert! nashri qisqacha so‘z yuritmoqda.  

>>> Batafsil.

25 yildan beri ostona xatlab ko‘chaga chiqmagan misrlik ayolning vazni 500 kilogrammga yetdi


Foto: Youtube/J21 Tube

Dunyodagi eng semiz ayol hisoblangan 36 yoshli misrlik ayolning vazni 500 kilogrammga yetdi. Bu haqida Emirates 24/7 nashri xabar berdi.

>>> Batafsil.

Melis Abzalov olamdan o‘tdi


Foto: kinomusicnewsuz.ucoz.ru

"Kelinlar qo‘zg‘oloni", "Suyunchi", "Chinor ostidagi duel", "Maysaraning ishi, "O‘tgan kunlar", "Chimildiq" va boshqa filmlarning rejissyori Melis Abzalov 78 yoshida vafot etdi. Bu haqda marhumning do‘sti, rejissyor Ali Hamroyev o‘zining feysbukdagi sahifasi orqali ma'lum qilgan.

>>> Batafsil.

Madaniyat va Sport vaziri 30 nafardan ortiq rahbar kadrga nisbatan intizomiy jazolar belgiladi


Foto: Madaniyat va Sport vazirligi matbuot xizmati

22 oktabr kuni O‘zbekiston davlat Konservatoriyasida Madaniyat va sport ishlari vazirligi faoliyatining 2016 yil 9 oylik yakunlariga bag‘ishlangan kengaytirilgan Hay'at majlisi o‘tkazildi.

>>> Batafsil.

Xiaomi kompaniyasi Galaxy Note 7’ga juda o‘xshash smartfonini taqdim etdi

Xiaomi kompaniyasi Mi Note 2 nomi ostida o‘zining yangi fabletini namoyish qildi. Taqdimotdan keyinoq OAV xitoylik ishlab chiqaruvchilarni Samsung kompaniyasining tanazzulga uchragan flagmani - Galaxy Note 7 dizayn elementlarini ko‘chirganlikda gumon qildi.

>>>  Batafsil.

Anki kompaniyasidan quvnoq robot — Cozmo

Yaxshi va iltifotli robot bilan har doim ham o‘ynash qiziq bo‘larmikin? Agarda u kayfiyatni ko‘taruvchi, hissiyotli «o‘yinchoq» bo‘lsa, albatta boshqa gap.

>>> Batafsil.

La Liga o‘tgan mavsumning eng yaxshi futbolchisini aniqladi. Bu Messi ham, Krishtianu ham emas


Foto: La Liga

Ispaniya chempionatining 2015/16 yilgi mavsumidagi eng yaxshilar taqdirlandi.

>>> Batafsil.

Mavzuga oid
Top