Tibbiyotdagi yangi olingan qon (unda uzoq muddat saqlanmagani uçun çökma mavjud bölmaydi) quyiş amaliyoti (gemotransfuziya) bemorlar orasidagi ölim hollarini kamaytirmaydi. Kanadaning Makmaster Universiteti olimlari bir neça ön minglab qon qabul qiluvçilarning ahvolini örganib, şunday xulosaga kelişdi. Ularning işlari xususida EurekAlert! naşri qisqaça söz yuritmoqda. 

Şifokorlar Avstraliya, Kanada, Isroil va AQŞda gemotransfuziya qilingan 31,5 ming bemor orasidagi vafot etiş hollarini örgangan. Ma'lum bölişiça, toza qon qabul qilgan bemorlarning 9,1 foizi hayotdan köz yumgan. Saqlangan qon quyilgan bemorlar orasidagi ölim holati esa birmunça kam, 8,7 foizni taşkil etgan. Olimlarning qayd etişlariça, bu körsatkiçga qon guruhi, taşxis, şifoxona va yoki mamlakat sezilarli salbiy ta'sir etmagan. 

Maqola mualliflarining sözlariga köra, ularning tadqiqotlari qon uzoq saqlaniş vaqtida eskirişi mumkinligi, uning yangi olinganligi qon quyişda ijobiy samara berişi haqidagi mavjud tortişuvlarga çek qöyadi. 

Zamonaviy tibbiyot texnologiyalari qonni 42 kun mobaynida saqlab turiş imkonini beradi. Qon quyiş çoğida birinçi galda eskilari işlatiladi, biroq, ularning biokimyoviy, tuzilmaviy va funksional özgarişlariga oid xavotirlar mavjud.