Yevropa Ittifoqi qaroridan söng beş davlat, jumladan Ukraina ham Rossiyaga qarşi jazo çoralarini uzaytirişni ma'qulladi. Bu haqda YeI Kengaşi sayti xabar qilmoqda.
«YeI a'zoligiga nomzod mamlakatlar Çernogoriya va Albaniya, Erkin savdo Yevropa uyuşmasi mamlakatlari Lixtenşteyn va Norvegiya, Yevropa iqtisodiy hududi a'zolari hamda Ukraina Kengaş qarorini qöllab-quvvatlaşdi», — deyiladi hujjatda.
Şunday qilib, uşbu mamlakatlar YeI Kengaşining joriy yil sentabr oyidagi Rossiyaga qarşi sanksiyalarni 2017 yil 15 martigaça uzaytiriş qaroriga qöşilgan. Hujjatda qayd etilişiça, YeI bu qarorni olqişlaşi ta'kidlanadi.
Qayd etilişiça, YeIning oxirgi sammitida Rossiyaga nisbatan yangi jazo çoralari qabul qilinmagan edi, Italiya boş vaziri Matteo Rentsi bunga asosiy qarşilikni körsatgandi.













