22 oktabrda Suriyaning Halab şahrida Amerikadagi “Ozodlik haykali”ning muqobili paydo böldi. Bu haqida Le Figaro naşri xabar berdi. 

Şağaldan yasalgan “Ozodlik haykali” yarim vayrona şahar uzra qad kötarib turibdi. Sönggi bir neça kun içida u Suriyadagi xaosning tugaşiga işonuvçi barça kişilar uçun umid timsoliga aylandi. 

Suriyalik musavvir Tamam Azzam mehnat mahsulining ilk suratlari ijtimoiy tarmoqlarda paydo bölgaç, yangilik butun dunyo böylab tarqala boşladi. 

Manbaga köra, Azzam 2011 yildan buyon Dubayda yaşaydi. Suriya inqirozi nafaqat uning hayotiga, balki ijodiga ham qattiq ta'sir qilgan. U Ğarb durdonalari va milliy jihatlarni uyğunlaştirib, Yaqin Şarqqa raqamli san'atni olib kirgan ilk rassom hisoblana boşlandi.