Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pokistonda politsiya akademiyasiga hujumda qurbon bo‘lganlar soni 59 nafarga yetdi
Pokistonning Kvetta shahridagi politsiya akademiyasiga jangarilar hujum qilishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 59 nafarga yetdi. Bu haqda GEO TV xabar bermoqda.
Shifokorlarning ma'lum qilishicha, mahalliy shifoxonalarga 57 ta jasad yetkazilgan, 116 kishi yaralangan. Manbalar bergan ma'lumotlarga ko‘ra, akademiyaning mashg‘ulotlar markaziga hujum qilganlardan 3 nafari yo‘q qilingan, 250 ga yaqin kadet ozod qilingan.
Guvohlarning aytishicha, markazda portlash ovozlari yangragan. Turli ma'lumotlarga ko‘ra, bosqinchilar soni 5-6 kishini tashkil qilgan.
Hukumatning fikricha, voqea ortida "Tolibon" bilan bog‘langan " Lashkar-a Jangvi" guruhi turibdi.
Mavzuga oid
13:47 / 29.06.2026
Pokiston yana Afg‘onistonga hujum qildi
08:49 / 18.06.2026
Pokiston: Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini zudlik bilan ochadi
09:05 / 13.06.2026
Pokiston: AQSh va Eron kelishuv matni bo‘yicha kelishib oldi
17:54 / 10.06.2026