Amerikaning Janubiy Dakota ştati Rapid Siti şahri politsiyasi Skywest Airlines aviakompaniyasi uçuvçilaridan birini parvoz oldidan qölga oldi. Şahar politsiya mahkamasining Facebook tarmoğidagi sahifasida xabar qilinişiça, uning qonidagi alkogol miqdori belgilangan me'yordan köp bölgan.
Hodisa, mahalliy vaqt bilan 26 oktabr tonggi soat 8:00 atrofida yuz bergan. Politsiyaçilarga 38 yoşli uçuvçi Rassel Duszakdan spirtli içimlik hidi kelayotgani töğrisida xabar kelib tuşgan. Ötkazilgan tahlilga köra, Kanadaning Solt-Leyk-Siti şahrilik uçuvçi qonidagi alkogol aralaşmasi, havo kemasini normal boşqariş uçun belgilangan me'yordan ortiq bölgan.
Şundan söng, politsiya uçuvçini havo kemasini mast holda boşqarişga uringani uçun hibsga olgan. U boşqaradigan samolyot Solt-Leyk-Sitiga parvoz qilişi lozim bölgan.












