Facebook direktori Kris Koks WSJDLive anjumanida kompaniya oddiy videodan real vaqtda san'at asarini yaratişga imkon beruvçi xizmatni rivojlantirişga qiziqiş bildirayotganini ma'lum qildi. Yangi mahsulot Prisma’ga öxşaş neyrotarmoqlar texnologiyasidan foydalanadi. Bu haqda Engadget ma'lum qildi.
Koksning fikriça, bir neça yildan keyin internet-trafikning 70 foizi videoga töğri keladi. Şu sababli Facebook ijod uçun uskuna yaratiş ustida işlamoqda.
Koksning aytişiça, yangi xizmat rossiyalik dasturçilar tomonidan yaratilgan Prisma’ni eslatib yuboradi. Biroq bu dasturdan farqli ölaroq, yangi dasturga foto yoki videoni işlaş uçun vaqt talab qilinmaydi, barçasi real vaqt rejimida sodir böladi.
Anjumanda jurnalistlarga mahsulotning demo-versiyasi namoyiş qilindi. Ayni vaqtda Facebook Live Videos deb nomlangan bu xizmat sinovining boşlanğiç bosqiçida turibdi, uning işga tuşirilişi aniq sanasi noma'lum.












