Istiqbolli loyihalar milliy agentligida Meta kompaniyasi (Facebook, Instagram, WhatsApp, Threads) vakillari bilan uçraşuv bölib ötdi.

Muhokama çoğida Özbekistonda Meta vakolatxonasini oçiş istiqbollari, reklamani ilgari suriş va kompaniya platformalarida joylaştirişda firibgarlikning oldini oliş böyiça hamkorlikni rivojlantiriş, şuningdek, kontentni monetizatsiya qiliş va mamlakatdagi raqamli kontent yaratuvçilarini qöllab-quvvatlaş masalalari muhokama qilindi.

Uçraşuvda Meta vakillari orasida Janubiy va Markaziy Osiyo mamlakatlari uçun siyosat böyiça direktor Sarim Aziz, Markaziy Osiyo, Möğuliston, Şri-Lanka va Maldiv orollari uçun siyosat böyiça rahbar Senura Abeyvardena, Markaziy Osiyo, Honkong va Tayvan böyiça hukumat bilan aloqalar va ijtimoiy taşabbuslar böyiça rahbar Aurora Li, Markaziy Osiyo va Möğuliston uçun siyosat böyiça mintaqaviy menejer Yerasil Kalixan bor edi.

Tomonlar raqamli platformalarni tartibga soliş, foydalanuvçilarni himoya qiliş va adolatli monetizatsiya tizimini rivojlantiriş böyiça töğridan töğri muloqot örnatiş va tajriba almaşiş muhimligini qayd etdi. Raqamli xavfsizlik, reklama şaffofligi, mas’uliyatli raqamli xulq-atvorni tarğib qiliş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Uçraşuv yakunlari böyiça özaro hamkorlikni davom ettiriş va hamkorlikning muayyan yönalişlarini örganiş böyiça kelişuvga erişildi.