Meta Instagram va Facebook uçun yagona yordam markazini işga tuşirdi. U profil bilan boğliq muammolarni, jumladan, hakerlik hujumidan keyin qayta kirişni tiklaş imkoniyatlarini bir joyga jamlaydi. Bölim iOS va Android ilovalariga qöşilgan va dunyo böylab foydalanuvçilarga bosqiçma-bosqiç çiqyapti.
Markaz orqali şubhali faollik haqida xabar beriş, tiklaş sörovini yuboriş va sun’iy intellekt asosida tezkor javob oliş mumkin. Ilgarigi murakkab yöl yordam xizmatigaça borişni qiyinlaştirardi, endi esa zarur funksiyalar vaziyatga qarab avtomatik ravişda çiqadi.
Xavfsizlik algoritmlari ham yangilandi. Kompaniya sönggi bir yilda yangi buzilişlar 30 foizdan köproqqa kamayganini aytadi. Tizim kiriş urinişlarini doimiy kuzatadi va şubhali harakatlarni profilga zarar yetkazişidan oldin töxtatadi.

Tiklaş jarayoni endi moslaşuvçan holda işlaydi. Tizim odatiy qurilmangizni, doim kirib turadigan joylaringizni yaxşi tanib oladi. Agar şubhali holat kuzatilsa, foydalanuvçiga SMS yoki email ogohlantirişlari yuboriladi. Ayrim hollarda kodni kiritiş kifoya, boşqa vaziyatlarda qisqa selfi-video söralişi mumkin. Bu majburiy emas, lekin şaxsni aniqlaşni osonlaştiradi.
Ilovaning Security Checkup bölimi ham yangilangan. Endi ikki bosqiçli himoyani yoqiş, faol sessiyalarni tekşiriş va keraksiz qurilmalarni öçiriş yanada qulay. Şuningdek, parol örniga passkey texnologiyasi, ya’ni barmoq izi, yuzni taniş yoki PIN orqali kiriş tavsiya etilmoqda. Bu firibgarlarga imkoniyat qoldirmaydi.
Texnologiyalar tez özgarayotgan bugungi kunda eng sönggi yangiliklardan xabardor böliş muhim. Raqamli dunyoda adaşib qolmaslik va şunday yangiliklarni birinçilardan biliş uçun KUN.UZ Texnologiya Telegram sahifasini kuzatib boring








