Özbekistondagi maktab, litsey va kollejlar oşxonalaridan kuçli gazlangan içimliklar va tezpişar taomlar yöqoladi. Buning örniga maxsus taşkil etilgan kombinatda tuşlik ovqatlari tayyorlanadi va ta'lim maskanlariga yetkaziladi. Taomlar mutaxassislar va Özbekiston oşpazlari uyuşmasi tomonidan tavsiya etilgan maxsus körsatmalar asosida tayyorlanadi, deb yozmoqda Uzbekistan today naşri. 

Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2 maydagi 132-sonli «Örta va örta-maxsus, kasb-hunar ta'lim muassasalarida soğlom ovqatlanişni taşkil etişni takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qaroriga muvofiq, 2020 yilgaça maktablar, kollej va litseylarda ovqatlaniş tizimi takomillaşadi. 

2017-2020 yillarda respublikaning uzoq hududlaridagi oşxonasi bölmagan 400dan ortiq umumta'lim maskanlarida bufetlar uslubidagi oşxonalar barpo etiladi. Bundan taşqari, işlamayotgan oşxonalar qayta jihozlantirilib, faoliyati yölga qöyiladi. 

2017 yilda har bir viloyatda taom tayyorlovçi kombinatlar işga tuşirilsa, 2018 yilda har bir tumanda şunday muassasalar paydo böladi. Barça taomlar maxsus termo-idişlarda taşiladi. 

Bolalar boğçalariga boruvçi bolalar, maktab, kollej va litsey öquvçilari uçun ularning yoşi va ehtiyoji e'tiborga olingan maxsus taomnoma-dasturlar qabul qilinadi. Ularga salat, birinçi va ikkinçi taom, desert kiritiladi. Bu töplamdagi tuşlik narxi örtaça 2000 söm atrofida böladi. Bunga, taom sifatining pasayişi emas, balki mahsulotni işlab çiqariş samaradorligini oşiriş evaziga erişiladi.