Islandiyaning qaroqçilar partiyasi mamlakat parlamentida (alting) ğolib böladigan bölsa, AQŞ milliy xavfsizlik agentligi sobiq xodimi Edvard Snoudenga Islandiya fuqaroligini beradi. Bu haqda partiya vakili Sunna Ayvarsdottir ma'lum qilgan.

"Biz oldin ham aytganimizdek, agar Snouden bu yerga kelişni istasa, biz barça imkoniyatlarni taqdim etamiz. Unga boşpana beramiz", — degan Ayvarsdottir.

Snouden 2013 yilning iyun oyida Washington Post va Guardian gazetalariga AQŞ va Buyuk Britaniya maxsus xizmatlarining internet  kuzatuv dasturiga oid materiallarni taqdim etgan edi. 

29 oktabr kuni Islandiya parlamentiga saylovlar bölib ötadi. OAV bergan ma'lumotlarga köra, qaroqçilar partiyasi ayni paytda saylovçilarning 20,4 foiz ovozini olib, ikkinçi örinni egallab turibdi. Bu partiyadan oldinda 25,2 foizlik natija bilan Islandiya mustaqil partiyasi bormoqda.