Serbiya prezidenti Aleksandr Vuçiç mamlakatda navbatdan taşqari parlament saylovlari joriy yilning oktyabr oyida ötkazilişini ma’lum qildi. U bu haqda 20-avgust kuni RTS telekanali efirida gapirdi.
Vuçiçning sözlariga köra, ovoz beriş 18 yoki 25 oktyabr kuni bölib ötadi. Saylovlarning aniq sanasi esa yaqin kunlarda ma’lum qilinişi kutilmoqda.
Şu tariqa, parlament saylovlari dastlab belgilangan muddatdan bir yildan köproq oldin ötkaziladi.
Iyun oyi oxirida Vuçiç yaqin kelajakda prezidentlik lavozimini muddatidan oldin tark etiş rejasi borligini ham aytgan edi. U Serbiyada 12 yildan beri hokimiyat tepasida bölib, prezidentlik vakolatining ikkinçi muddati 2027-yil örtalaridagina yakunlanadi.
Serbiya Konstitutsiyasiga muvofiq, bir şaxs mamlakat prezidenti lavozimini ikki muddatdan ortiq egallaşi mumkin emas.
Serbiyada bir yarim yildan ortiq vaqtdan beri hukumat va korrupsiyaga qarşi ommaviy namoyişlar davom etmoqda. Norozilik aksiyalariga Novi-Sad şahridagi temiryöl vokzali ayvonining qulab tuşişi sabab bölgan. Fojia oqibatida 16 kişi halok bölgan.
Reuters ma’lumotiga köra, talabalar boşçiligidagi namoyişlarga muntazam ravişda ön minglab, ayrim hollarda esa yuz minglab odamlar çiqmoqda.
Namoyişçilar Vuçiç va uning atrofidagilarni keng tarqalgan korrupsiya, uyuşgan jinoyatçilik bilan aloqalar, siyosiy raqiblarga nisbatan zöravonlik işlatiş hamda söz erkinligini çeklaşda ayblamoqda. Serbiya hukumati va Vuçiç esa bunday ayblovlarni rad etib keladi.
Namoyişçilarning asosiy talablaridan biri aynan muddatidan oldin parlament saylovlarini ötkaziş edi.
Jamoatçilik fikri sörovlarida keltirilgan ma’lumotlarga köra, Serbiya aholisining qariyb 80 foizi talabalarning korrupsiyaga qarşi talablarini qöllab-quvvatlaydi. Söralganlarning taxminan 64 foizi esa namoyişlarning özini qöllab-quvvatlaşini bildirgan.








