Referendumda Islandiya aholisidan mamlakat Yevropa Ittifoqi bilan aʼzolik böyiça muzokaralarni qayta boşlaşi kerakmi, degan savolga javob beriş söralmoqda.

Ovoz beriş natijasida «ha» javobi ustun kelişi Islandiyaning avtomatik ravişda YeIga aʼzo bölişini anglatmaydi. Muzokaralar yakunida aʼzolik masalasi yana bir referendumga qöyilişi kerak.

Islandiya YEI bilan aʼzolik böyiça muzokaralarni 2010-yilda, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozidan keyin boşlagan. Keyinçalik hukumat almaşgaç, jarayon töxtatilgan va muzokaralar qayta tiklanmagan.

YEI tarafdorlari nimani istamoqda?

YEI bilan yaqinlaşuv tarafdorlari bu qadam Islandiyaning iqtisodiy va geosiyosiy xavfsizligini kuçaytirişi mumkinligini taʼkidlamoqda.

Islandiyaning 400 mingga yaqin aholisi bor va mamlakat doimiy armiyaga ega emas. U NATOning asosçi aʼzolaridan biri bölib, AQŞ bilan 1951-yildan beri mudofaa kelişuviga ega.

Ayni paytda mamlakat Yevropa bilan allaqaçon çuqur integratsiyalaşgan. Islandiya Yevropa iqtisodiy hududi va Şengen zonasiga kiradi. Bu tovarlar, xizmatlar, kapital va odamlarning erkin harakatlanişi imkonini beradi.

YEI tarafdorlari mamlakat ittifoqqa aʼzo bölsa, Yevropa miqyosidagi qarorlarni qabul qilişda bevosita iştirok etişi mumkinligini taʼkidlamoqda.

Iqtisodiy masala ham muhim omillardan biri. Islandiyada ipoteka foiz stavkalari 8–9 foiz atrofida bölişi odatiy hol. YEI bilan yaqinlaşuv tarafdorlari kelajakda yevroni qabul qiliş aholi va biznes uçun kreditlar qiymatini pasaytirişi mumkin deb hisoblaydi.

Baliq resurslari asosiy bahs mavzusi

YEI bilan muzokaralarni qayta boşlaşga qarşi bölganlarning asosiy xavotirlaridan biri Islandiyaning boy baliq resurslari bilan boğliq.

Baliqçilik mamlakat iqtisodiyotining muhim tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Yevroskeptiklar YeIga aʼzolik natijasida Bryussel Islandiyaning dengiz resurslarini boşqarişga köproq taʼsir ötkazişidan xavotirda.

Şuningdek, muxoliflar kiçik mamlakat YEI tarkibida öz siyosiy taʼsirini yöqotişi mumkinligini taʼkidlamoqda. Islandiya Yevropa parlamentida taxminan oltita öringa ega bölişi kutilmoqda.