Xalqaro anjuman Özbekiston Oliy Majlisi Senati va Parlamentlararo ittifoq hamkorligida taşkil etiladi.

Mazkur konferensiyani Özbekistonda ötkaziş taşabbusi 2025-yil 5–9-aprel kunlari Toşkentda bölib ötgan Parlamentlararo ittifoqning 150-Assambleyasida ilgari surilgan.

Konferensiya «Murakkab davrda inson huquqlari, adolat va inson qadr-qimmatini tiklaş yölida» mavzusiga bağişlanadi.

Tadbir iştirokçilari orasida yoş parlament aʼzolari, parlament rahbarlari va deputatlar, xalqaro taşkilotlar hamda fuqarolik jamiyati institutlari vakillari böladi.

Konferensiya davomida zamonaviy dunyodagi dolzarb muammolarni hal etişda yoşlarning örni va ularning qaror qabul qiliş jarayonlaridagi iştirokini kengaytiriş masalalari muhokama qilinadi.

Şuningdek, inson huquqlari va qadr-qimmatini taʼminlaş, adolat tamoyillarini mustahkamlaş, tinçlik va barqarorlikni taʼminlaş hamda Barqaror rivojlaniş maqsadlariga erişişda yoşlarning rolini oşiriş böyiça fikr va tajriba almaşiladi.

Anjuman doirasida Barqaror rivojlaniş maqsadlariga erişişda parlamentlararo hamkorlik masalalariga bağişlangan III global forum ham ötkaziladi.