29-30 oktabr kunlari Yevropada milliy çempionat öyinlari davom ettiriladi. Futbol muxlislarini bir qator qiziqarli öyinlar kutmoqda.
APL. "Tottenhem" - "Lester" (Şanba, 29 oktabr, Matç! Futbol 1, 19:00)

APLning 10-tur doirasidagi markaziy uçraşuv Londonda keçadi. "Tottenhem" öz maydonida "Lester"ni qabul qiladi. Ayni paytda turnir jadvalida bu jamoalar bir-birini quvişda davom etmoqda. Ötgan mavsumda ham ular çempionlik uçun oxirgi turlarga qadar kuraşgan edi. Öşanda "Lester"ning qöli baland kelgandi. Bu safar ular APLning 10-turida töqnaş keladi. Bu öyinga qadar "şporlar" tarkibida yöqotişlar bor. Asosiy tarkibning bir neçta futbolçilari jarohatlari sababli "Lester" bilan öyinni ötkazib yuboradi.
"Spartak" - TsSKA (Şanba, 29 oktabr, Matç TV, 20:00)

Rossiya çempionatida köpçilik kutayotgan bahs bugun Moskvada bölib ötadi. Bir qaraşda, Moskva derbisida "Spartak" TsSKAni qabul qiladi. Yangi stadionda bölib ötadigan uçraşuvda çiqarilgan barça çiptalar sotib bölingan. Öyinga bölgan qiziqiş sababli, köpçilik uşbu öyinni sabrsizlik bilan kutmoqda. Joriy mavsumda "Spartak" yana kuçlilar qatoriga qaytdi va çempionlik uçun kuraşmoqda. TsSKA esa doimiy ravişda peşqadamlar safida turibdi.
"Borussiya D" - "Şalke" (Şanba, 29 oktabr, Matç! Futbol 3, 21:30)

Bundesliganing 11-turining markaziy uçraşuvi Dortmundda keçadi. "Borussiya" mavsumni öta muvaffaqiyatsiz ötkazayotgan "Şalke"ni qabul qiladi. Ayni vaqtda mezbon jamoa bölgan "Borussiya" ortda qolgan 10 turdan keyin turnir jadvalining 7-örinida turibdi. "Şalke" esa 14-örinni egallagan. Qiziği şundaki, ularning jadvalda egallagan örinlari tafovuti 7tani taşkil qilsa, oraliqdagi oçkolari farqi ham aynan şunça ekan. Xullas, Rur derbisida qaysi jamoaga omad kulib boqişini bugun körib olamiz.
"Yuventus" - "Napoli" (Şanba, 29 oktabr, Matç TV, 23:45)

Oxirgi yillarda A seriyada "Yuventus"ga faqat "Napoli" jiddiy qarşilik qilmoqda. "Milan", "Inter" va "Roma"ning saviyasi tuşib ketgani bois, heç bir jamoa turin klubiga qarşilik körsata olmayotgan edi. "Napoli" esa yildan-yilga kuçayib, A seriyada yetakçilardan biriga aylangan. Qolaversa, bugungi uçraşuvda Gonsalo Higuain sobiq jamoasiga qarşi dastlabki uçraşuvini ötkazadi.
"Rubin" - "Lokomotiv" (Yakşanba, 30 oktabr, Matç TV, 21:30)

Ertaga Rossiya çempioanatining 12-tur doirasida yana bir qiziqarli bahs bölib ötadi. "Rubin" uyda "Lokomotiv"ni qabul qiladi. E'tiborlisi ikkala jamoaning ayni vaqtda oçkolari soni bir xil. Özaro töqnaşuvdagi ğalaba qaysidir jamoani turnir jadvalida yuqori öringa kötarilişiga xizmat qilişi mumkin.












