6-noyabr, juma kuni Yevropadagi bir neçta telekanal tahririyatiga elektron poçta orqali binolarga portlovçi qurilmalar örnatilgani haqida tahdidli xabarlar kelib tuşdi. Reuters agentligining yozişiça, maktublarda «Vaqt ketdi» degan ogohlantiriş bölgan.

Tahdidlar xodimlarni evakuatsiya qiliş va telekanallar efirini vaqtinça töxtatişga sabab böldi.

Xususan, Irlandiyaning RTE teleradiokompaniyasi, Buyuk Britaniyaning Sky telekanali, Bolgariyaning xususiy Nova telekanali va boşqa ommaviy axborot vositalari şunday ogohlantirişlarni olgan.

Biroq tekşiruvlar davomida ularning heç birida portlovçi qurilma topilmagan.

RTE efirida teledasturlar örniga musiqa va oldindan yozib olingan xabar qöyilgan. Reuters maʼlumotlariga köra, ayrim hollarda efirdagi uzilişlar uç soatgaça davom etgan.

Maktublar «Mixail Andropov» nomi bilan imzolangan

Reuters agentligi Nova va RTE telekanallari tahririyatlariga yuborilgan maktubdan parça keltirdi: «Biz butun dunyo biz haqimizda bilişini istaymiz. Şuning uçun xodimlarimizdan biri sizning binongizga portlovçi qurilma örnatdi. U 45 daqiqadan keyin portlaydi. Vaqt ketdi».

Soxta tahdidlar ortida kim turgani hozirça nomaʼlum.

Biroq Reuters taʼkidlaşiça, RTE va Nova telekanallariga yuborilgan maktublar «Mixail Andropov» nomi bilan imzolangan.

Agentlik mazkur familiya Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi Markaziy qömitasining sobiq boş kotibi Yuriy Andropov familiyasi bilan bir xil ekaniga eʼtibor qaratgan.

Yevropadagi 19 ta samolyotga ham bomba haqida xabar yuborilgan

Uşbu hodisalar Yevropa mamlakatlari örtasida qatnovçi kamida 19 ta aviareysga portlovçi qurilmalar haqida soxta xabarlar yuborilganidan bir sutka ötib sodir böldi.

Jumladan, Avstriya, Belgiya, Bolgariya, Ispaniya, Italiya va boşqa davlatlar örtasidagi aviaqatnovlar tahdidlarga duç kelgan.

Samolyotlar tekşirilganda ularning heç birida portlovçi modda izlari aniqlanmagan.