5-noyabr kuni Bolgariya poytaxti Sofiyaga parvoz qilayotgan Ryanair aviakompaniyasining uçta samolyotiga bortda bomba borligi haqida xabarlar keldi: Madriddan FR6410, Kopenhagendan FR3606 va Londondan FR1730 reyslari. Samolyotlarni kuzatib boriş uçun Bolgariya Harbiy-havo kuçlarining MiG-29 qiruvçi samolyotlari havoga kötarildi. BBC barça maʼlumotlarni töpladi.
Bolgariya transport vazirligi maʼlumotlariga köra, Londondan uçgan reys aviakompaniya va ekipaj qarori bilan Plovdivga yönaltirilgan, qolgan ikkitasi reja böyiça qöngan.
Samolyotlarning heç biridan portlovçi qurilmalar topilmadi.
Tahdidlar olgan Irlandiyaning Aer Lingus aviakompaniyasining Dublindan Rimga uçayotgan reysi ham yönalişini özgartirdi: samolyot Fransiya şimolidagi Evryo harbiy aerodromiga qöndi. Samolyotni Rafale qiruvçi samolyoti kuzatib bordi, deb yozadi Figaro. BFMTV xabariga köra, Fransiya hukumati tahdid haqidagi xabarni italiyalik hamkorlaridan olgan.
Milandan Varşavaga uçayotgan WizzAir’ning W46387 reysi Venaga yönaltirildi, xuddi şu Milandan Buxarestga uçgan W43064 reysi esa reja böyiça qöndi.
Şuningdek, FinnAir’ning AY1761 (Xelsinkidan Rimga) va AY1471 (Xelsinkidan Venaga), Polşaning LOT LO235 (Varşavadan Bryusselga), Gretsiyaning Aegean Airlines A3552 (Salonikidan Milanga) va Ryanair’ning yana bir reysi - Portudan Milanga uçgan FR8953 reyslariga ham bomba haqida xabarlar kelib tuşgan.
Ularning barçasi belgilangan aeroportlarga qöndi.
Bundan taşqari, Pragaga uçayotgan törtta samolyot ham bomba haqida xabar oldi. Politsiya ular uçib kelgaç közdan keçirib, heç qanday portlovçi qurilma topmadi; aynan qaysi reyslar haqida gap ketayotganiga aniqlik kiritilmagan.
Xabarlar ortida kim turgani nomaʼlum. Bolgariya Içki işlar vazirligi vakili Lyubomir Nikolov tahdidlar elektron poçta orqali olingani va nafaqat samolyotlarga, balki «turli muassasalarga» ham taalluqli ekanligini aytgan edi.
Italiyaning ANSA agentligi tergovga yaqin manbalarga tayanib yozişiça, ikkita reys bortidagi bombalar haqida bitta anonim elektron maktubda xabar qilingan.
Xatning sarlavhasida «tahdid haqida xabar» deb yozilgan.
Ryanair kompaniyasi «tahdid haqida xabar» yozilgan xat olganini tasdiqladi. U «feministik rejim»ga qarşi kuraşayotgan va «tarixda öz izini qoldirmoqçi» bölgan «erkaklar davlati jangçilari» tomonidan imzolangan. Elektron xatda ular samolyotlarni portlatib, «osmonni qizil rangga böyaş» bilan tahdid qilişgan.












