Oliy Majlis Qonunçilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat taşkilotlar va fuqarolarning özini özi boşqariş organlari qömitasi raisi Akmal Saidov boşçiligidagi parlament delegatsiyasi Şveytsariyaga taşrif buyurdi.

Parlament vakillarining taşrif dasturi Jyeneva şahridagi mamlakatimiz elçixonasida ötkazilgan brifing bilan yakunlandi.

Unda xalqaro taşkilotlar (BMTning Inson huquqlari böyiça Oliy komissari boşqarmasi, Xalqaro mehnat taşkiloti, Jahon intellektual mulk taşkiloti, BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasi), Jyeneva şahrida akkreditatsiyadan ötgan diplomatik korpus vakillari, xususan, Ozarbayjon, Jazoir, Belarus, Ispaniya, Isroil, Qozoğiston, Qirğiziston, Malayziya, Panama, Tojikiston, Turkiya, Yaponiya va boşqa mamlakatlar, şuningdek, Şveytsariyaning jamoat, akademik va işbilarmon doiralari vakillari iştirok etdi.

Tadbir iştirokçilariga Özbekistonda siyosiy, sud-huquq va ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda amalga oşirilayotgan izçil islohotlar xususida ma'lumot berildi. Mamlakat siyosiy modernizatsiya, huquqiy, dunyoviy, demokratik davlat va adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etiş yölidan barqaror borayotgani ta'kidlandi.

Respublikada amalga oşirilayotgan çora-tadbirlar eng avvalo fuqarolarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilişga qaratilgan işlar Özbekistonning Birinçi Prezidenti Islom Karimov nomi bilan bevosita boğliq ekaniga urğu berildi. Mustaqillikning ilk yillaridanoq Özbekiston rahbariyati tomonidan oldinga surilgan mamlakatimiz davlat siyosatining fundamental tamoyillari özgarmasligi alohida qayd etildi.

Şundan kelib çiqqan holda brifingda Özbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvçi Ş.Mirziyoyevning Oliy Majlis palatalarining joriy yil 8 sentabrdagi qöşma yiğilişidagi ma'ruzasining asosiy yönalişlari hamda 2016 yil 4 dekabrda ötkaziladigan Özbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş jarayonlari töğrisidagi ma'lumotlar taqdim etildi.

Ta'kidlanganidek, Özbekiston bölajak saylovning oçiqlik va şaffofligini ta'minlaş, uni tenglik tamoyillariga muvofiq tarzda taşkil etiş, şuningdek, mazkur muhim siyosiy tadbirga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş jarayonlariga keng jamoatçilik, fuqarolik jamiyati institutlari, nodavlat notijorat taşkilotlari va ommaviy axborot vositalarini jalb etiş orqali fuqarolarning siyosiy faolligini oşiriş masalalariga ustuvor ahamiyat bermoqda.

Brifing qatnaşçilarining diqqat-eʼtibori bölajak saylovdagi butkul yangi omil – YeXHT DIIHBning Özbekistonning Prezident saylovini umume'tirof etilgan xalqaro standartlarga muvofiq tarzda oçiq va oşkora ötkazişga tayyorligini inobatga olgan holda saylovni kuzatiş böyiça töliq tarkibdagi missiyasini yuborişga qaror qilganiga qaratildi.
 
Şu bilan birga iştirokçilar joriy yilning 20 oktabr kuni Toşkent şahrida “Özbekistonda inson huquqlari va erkinliklarini işonçli himoya qilinişini ta'minlaşning milliy tizimi: mustaqillik yillarida erişilgan yutuqlar” mavzusida bölib ötgan xalqaro konferensiya hamda Inson huquqlari böyiça Özbekiston Respublikasi milliy markazi va Toşkentdagi BMTTD örtasida özaro hamkorlik töğrisidagi Memorandumning imzolanişi, şuningdek, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 21 oktabrdagi “Sud-huquq tizimini yanada isloh qiliş, fuqarolarning huquq va erkinliklarini işonçli himoya qiliş kafolatlarini kuçaytiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmoniga katta qiziqiş bildirdi.

Brifing çoğida şu yil 18 oktabr kuni Toşkent şahrida bölib ötgan IHT Taşqi işlar vazirlari kengaşi 43-sessiyasi oçiliş marosimidagi Özbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvçi Ş.Mirziyoyev nutqining asosiy yönalişlari hamda Özbekistonning taşkilotga raisligi davridagi maqsad va ustuvor yönalişlari, şuningdek, Özbekiston tomonidan oldinga surilgan taşabbuslar bayon qilindi.
  
Qatnaşçilar Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 5 oktabrdagi “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanişini ta'minlaşga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilişga va işbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxşilaşga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi hamda 24 oktabrdagi “2017-2021 yillarda qişloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar böyiça arzon uy-joylar quriş dasturi töğrisida”gi farmonlari mazmun-mohiyatiga bağişlangan ma'lumotlarni katta qiziqiş bilan tingladi.

Brifingda Özbekiston xalq farovonligini oşiriş, aholining şaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarini himoyalaşni ta'minlaş böyiça amalga oşirilgan çora-tadbirlar yuqori baholanib, bu yutuqlarga erişişda ötgan yillarda mamlakatda qonun ustuvorligiga asoslangan oçiq va barqaror siyosiy tizimni barpo etilgani muhim omil bölgani ta'kidlandi. 

BMTning Inson huquqlari böyiça Oliy komissari boşqarmasi inson huquqlari va bitimlar böyiça kengaşi işlari bölimi direktori A.Abdelmoula Oliy komissar ofisi Özbekistonda inson huquqlari himoyasini yaxşilaş sohasidagi demokratik islohotlarning borişiga katta qiziqiş bilan qaraşini ma'lum qildi. Uning ta'kidlaşiça, respublikada sud-huquq tizimi yangi konsepsiyasini şakllantirişga qaratilgan islohotlar, xususan, prokuratura, içki işlar organlari va advokatura faoliyatini takomillaştiriş, ölim jazosining bekor qilinişi, yaraşuv institutining joriy etilişi, qamoqqa olişga sanksiya berişni sudlarga ötkazilişi, uy qamoğini qöllaş çorasining amalga tatbiq etilişi e'tiborga va har tomonlama örganişga sazovordir.

Xalqaro mehnat taşkiloti Boş direktorining maxsus maslahatçisi K.Tapiolaning ta'kidlaşiça, brifing yirik xalqaro taşkilotlar vakillariga respublikadagi vaziyat töğrisida eng birinçi manbalar orqali biliş imkonini yaratib, Özbekistonning siyosiy, iqtisodiy va demokratik taraqqiyoti imkoniyatlarini muhokama qiliş uçun qulay maydon bölgan. 

K.Tapiola Özbekistonda XMTning qator konvensiyalari yöriqnomalarini amalga oşiriş, şuningdek, Özbekiston Respublikasi bilan bolalar va majburiy mehnatini taqiqlaş masalasidagi hamkorlikni rivojlantirişda erişilgan natijalarni qayd etdi. Şu bilan birga u joriy yilning 25 oktabr kuni XMTning birlaşmalar erkinligi hamda kasaba uyuşmalari birlaşmalari huquqlarini himoya qiliş böyiça 87-raqamli konvensiyasini ratifikatsiya qilgani uçun Özbekiston rahbariyatiga öz minnatdorçiligini bildirdi.

BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasi ijroçi kotibi örinbosari A.Vasilevning fikriça, Özbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvçi Ş.Mirziyoyevning mamlakatda işbilarmonlik va investitsiya muhitini yaxşilaş, kiçik va örta biznes uçun qöşimça qulay imkoniyatlar yaratişga qaratilgan taşabbuslari sezilarli ijobiy natijalarga olib keladi. Unda 2017-2021 yillarda qişloq joylarda arzon uy-joylar quriş dasturi alohida qiziqiş uyğotdi.

Jyenevadagi BMT bölinmasi qoşidagi IHT doimiy vakolatxonasi vakili Ya.Eren Özbekiston Islom dinini uning obrösini tökişga urinayotganlardan himoya qilib, xalqaro jamoatçilikka islom qadriyatlari va madaniyati töğrisidagi haqiqiy ma'lumotlarni yetkazişda ulkan işlarni amalga oşirayotganini ta'kidladi. Uning bildirişiça, bugungi kunda mamlakat ta'lim, ma'rifat va haqiqiy islom qadriyatlarini tiklaş singari sohalarda hamkorlikni yölga qöyiş orqali global xavfsizlikni mustahkamlaşga harakat qilmoqda.

Jyeneva Diplomatik doirasi prezidenti R.Blyum Özbekistondagi vaqt sinovidan ötgan va sönggi vaqtlarda özini töla namoyon etgan siyosiy va iqtisodiy barqarorlik öz faoliyatini kengaytirişdan manfaatdor bölgan xorijiy kompaniyalarni jalb etişda asosiy ustunlik ekanini ma'lum qildi. “Iqtisodiyot sohasidagi sönggi taşabbuslar va tegişli qonunçilik aktlari mamlakatning barqaror taraqqiy etişi kafolatlaydi hamda davlat va biznes örtasidagi oçiqlik va şaffoflikni ta'minlaşga xizmat qiladi”, - dedi u.

Uning ta'kidlaşiça, barqaror yuqori makroiqtisodiy körsatkiçlarga ega respublika dunyo bozoriga işonçli savdo-investitsiyaviy hamkor sifatida çiqmoqda. Mamlakat kiçik va örta biznes va yetakçi sanoat korxonalari hissasi ortib borayotgan diversifikatsiyalangan iqtisodiyotga ega.

Muxtasar aytganda, brifing qatnaşçilari bölajak saylov milliy qonunçilik va umume'tirof etilgan xalqaro tamoyillarga töla muvofiq tarzda oçiq va oşkora ötkazilişiga işonç bildirildi. 

Manba: Özbekiston Respublikasi

Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi matbuot xizmati