Misrning Şarm-aş-Şayh şahrida Sinay yarimorolida Rossiyaning A321 samolyoti falokatga uçraşi oqibatida qurbon bölganlarning xotirasiga bağişlangan aksiya bölib ötdi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar bermoqda.
Şaharning Tinçlik maydonida şamlar bilan motam yurişi tarzida ötgan aksiyada bir neça yuz kişi, jumladan Misr fuqarolik aviatsiyasi vaziri Şarif Fathiy, Janubiy Sinay viloyati gubernatori Xolid Fuda, Rossiyaning Misrdagi elçisi Sergey Kirpiçenko iştirok etdilar.
Eslatib ötamiz, Rossiyaning "Kogalymavia" aviakompaniyasiga tegişli bölgan hamda Şarm-aş-Şayhdan Sankt-Peterburgga parvoz qilayotgan A321 samolyoti bir yil avval, ya'ni 2015 yil 31 oktabrda Misr osmonida falokatga uçragandi. Samolyotda bölgan barça 217 yölovçi va ekipajning 7 nafar a'zosi halok bölgan. Fojia terakt sifatida tasniflangan.
Fathiy Misrning butun siyosiy rahbariyati nomidan qurbonlar oilalariga samimiy hamdardlik bildirdi.
Öz navbatida Rossiyaning Misrdagi elçisi Sergey Kirpiçenko Rossiya öşa fojiali damlarning birinçi onlaridanoq "butun Misr xalqining hamdardligi, hamjihatligini his qilib turganini" aytdi.












