Ukraina prezidenti Pyotr Poroşenko Yagona davlat deklaratsiyalar reyestrida  daromadlari töğrisidagi elektron deklaratsiyani töldirib, uni omma e'tiboriga havola etdi. 

Unga muvofiq, mamlakat prezidentining Kozinda 1 330 kv.m. maydonga ega uyi, uçta xonadoni (biri Kiyevda, yana biri Vinnitsada) bor. Bundan taşqari, Kozinda 4ta uydan bepul foydalanadi. Odessada uy fondidan taşqari binosi va beşta yer uçastkasi borligi ma'lum qilingan. 

Poroşenko 2010 yilda işlab çiqarilgan Mercedes Vito 116 CDI avtomaşinasi, 2005 yilga tegişli Bayliner 185 BR motorli qayiği hamda ijaraga olingan BMW F02/750Li xDrive va Range Rover SALLMAM maşinalaridan foydalanişini bildirgan. 

Ukraina davlat rahbarining asosiy faoliyati, prezidentlik lavozimidan olgan yillik daromadi 121 ming 54 griven (4731 AQŞ dollari)ni taşkil etgan. Bundan taşqari, Poroşenko turli moliyaviy operatsiyalardan foiz körinişida foyda körgan. Uning bank hisob raqamlarida 540 ming grn, 26,3 mln dollar va 14,4 ming yevro mablaği, naqd körinişda 60 ming dollar va 900 ming griven puli bor. 

Umuman, Pyotr Poroşenko Rossiya, Polşa, Ispaniya, Niderlandiya, Kipr, Ukraina hamda Britaniya Virjin orollarida 100dan ortiq kompaniyaga egaligi yoki hissasi borligini ma'lum qilgan. 

Şu bilan birga, Pyotr Poroşenko daromadlari töğrisidagi deklaratsiyasini Facebook sahifasida izohlagan. U barça qimmatli köçuvçi va köçmas mulklari, turarjoylari, yer uçastkalari, avtomobil, kartinalar, ayollar taqinçoqlarini prezidentlikkaça bölgan vaqtda xarid qilganini ta'kidlagan. Uning aytişiça, 2014 yilda taşkil etilgan Roshen kompaniyasidan boşqa barça kompaniyasi davlat xizmatiga kirmasdan avval taşkil etilgan bölgan. 

Poroşenko, şuningdek, mablağlarini doimi bankda saqlaşini va ulardan Ukraina byudjyetiga sentigaça soliq tölanganini ta'kidlagan. Uning fikriça, mamlakat siyosatçilari undan örnak olib, bank tizimiga işonç bildirişlari lozim.