Özbekiston Markaziy banki 2016 yil 1 noyabrdan boşlab valyuta operatsiyalari böyiça buxgalteriya hisobi, statistik va boşqa hisobotlarni yuritiş, şuningdek, bojxona va boşqa majburiy tölovlari uçun xorijiy valyutalarning sömga nisbatan yangi qiymatlarini belgiladi.

Unga köra, 1 AQŞ dollari 3102 söm 18 tiyin etib belgilandi. Bu 1 hafta oldingi kursga nisbatan 18 söm 22 tiyinga köp demakdir.

2016 yil 1 noyabrdan e'tiboran 1 yevro qiymati 3383 söm 74 tiyin (25 oktabrdagi kursga nisbatan 4 söm 61 tiyin arzon), 1 Xitoy yuani 458 söm 27 tiyin (25 oktabrdagi kursga nisbatan 2 söm 97 tiyin qimmat), 1 Rossiya rubli esa 49 söm 32 tiyin (25 oktabrdagi kursga nisbatan 6 tiyin arzon) etib belgilangan.

Yil boşiga nisbatan dollarning milliy valyutaga nisbatan kursi 285,71 sömga yoki 10,14 foizga ösdi.

AQŞ dollarining özbek sömiga nisbatan rasmiy kursi sentabr oyining örtalarida birinçi bor 3100 sömdan oşgan edi.

Eslatib ötamiz, valyuta qiymatini belgilaş çoğida Markaziy bank mazkur valyutalarni uşbu qiymatda sotiş yoki sotib oliş majburiyatini olmagan.