Markaziy bank 20-avgustdagi xorijiy valyutalarning sömga nisbatan rasmiy kursini e’lon qildi. Unga köra, 1 AQŞ dollari 25,52 sömga arzonlab, 11 794,88 söm etib belgilandi. Bu 2023-yilning 10-avgust kunidan beri (11 667 söm) qayd etilgan minimal qiymat.
Umuman olganda, dollar kursi ketma-ket beşinçi savdo kuni sömga nisbatan pasayib, deyarli 153,7 sömga (1,28 foiz) - 11 948 sömdan 11 794 sömga arzonlaşdi. Kun davomida bitta bankda Amerika valyutasini 11 860 sömdan, yana 3 ta bankda esa 11 870 sömdan sotib oliş mumkin böldi.
Sömning kuçayişi köp jihatdan içki va Özbekistonga xos omillar bilan boğliq bölişi mumkin. Eksport daromadlarining ösişi, oltin eksporti daromadlarining sterilizatsiyasi va migrantlar pul ötkazmalari hajmining oşişi şular qatoriga kiradi.








