5-avgust kungi savdolar yakunlariga köra Amerika valyutasi 55 söm 49 tiyinga arzonlab, 11 886,72 sömni taşkil qildi. Bu 2025-yilning 3-dekabr kunidan beri (11 880,93 söm) qayd etilgan minimal qiymat.

Umuman olganda, dollar kursi ketma-ket ikkinçi savdo kuni sömga nisbatan pasayib, deyarli 102,7 sömga (0,86 foiz) - 11 989 sömdan 11 886 sömga arzonlaşdi. Kun davomida bitta bankda Amerika valyutasini 11 980 sömdan, yana 4 ta bankda esa 11 990 sömdan sotib oliş mumkin böldi.

Sömning kuçayişi köp jihatdan içki va Özbekistonga xos omillar bilan boğliq bölişi mumkin. Eksport daromadlarining ösişi, oltin eksporti daromadlarining sterilizatsiyasi va migrantlar pul ötkazmalari hajmining oşişi şular qatoriga kiradi.