AQŞ harbiy-dengiz kuçlari Tinç okeanining Guam orolidagi Apra-Harbor bazasiga raketali suvosti strategik kreyseri "Pensilvaniya"ni yubordi. Bu haqda, Amerika HDK matbuot xizmati ma'lum qildi.
Matbuot xizmati xodimi Tim Gormanning sözlariga köra, bortida ballistik raketalar bölgan Amerika atom suvosti kemasi sönggi 28 yilda ilk bora Apra-Harborga boradi. Bundan avval, 1988 yilda Amerika atom suvosti strategik raketa taşuvçisi Guamga taşlangan edi. Öz navbatida, AQŞ QK Strategik qömondonligi rasmiy vakili Beka Klark TASS muxbiri bilan suhbatda, "Pensilvaniya"ning Guamda böliş muddati sir ekanini bildirgan.
Hozirça, ikkala qömondonlik vakillari ham, Osiyo-Tinç okeani mintaqasida bunday kuç namoyişi kimga qarşi qaratilgani borasida ham biron fikr bildirişmagan. AQŞ HDK matbuot xizmatiga köra, "AQŞ şu bilan mintaqadagi ittifoqçilarini turli vositalar bilan himoya qilişga sodiqligini namoyiş etmoqda".
Beka Klarkning aytişiça, AQŞ "tahdidlarning keng qamroviga qarşi strategik yadroviy qurollar triadasi va nostrategik yadro qurollari vositasidan foydalanadi". Klark, "Pensilvaniya" kabi ballistik raketalar bilan jihozlangan suvosti kemalari dunyo okeanida doimiy ravişda navbatçilik qilişini ta'kidlagan.












