Yaponiyaning Honda kompaniyasi işlab çiqqan reaktiv samolyoti işbilarmonlar aviatsiyasi toifasida ikkita tezlik rekordini örnatdi. Bu haqda, Yaponiya kompaniyasi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
2016 yil aprelida HondaJet AQŞning Nyu Jyersi ştatidagi Teterboro aeroportidan Florida ştati Fort-Lodereyl şahriga rekord natija - 2 soat 51 daqiqada yetib borgan edi. Samolyot havoda qarşi şamol tezligi soatiga 112 km bölgan holda soatiga 769 km tezlikda parvoz qila olgan.
Iyul oyida biznes-jyet Massaçusets ştati Boston şahridan Floridaning Palm-Biç şahrigaça bölgan masofani 2 soat 58 daqiqada bosib ötgan va bu safar eng yuqori tezligini soatiga 782 kmga yetkazgan. «Xonda»da ma'lum qilişlariça, bu mazkur toifadagi aviatsiya transporti uçun mutlaq rekord körsatkiçdir.
Seriyali HondaJet samolyotini barpo etiş işlari 2014 yilda yakunlandi. Yengil reaktiv samolyot Yaponiya avtomobilsozlik kompaniyasining Amerikadagi yuz foizlik şö'ba korxonasi hisoblanuvçi Honda Aircraft Company tomonidan işlab çiqildi.
HondaJet samolyotiga ikkita kreyserlik quvvati 3755 ot kuçiga ega dvigatel örnatilgan. Parvozining maksimal balandligi 13 kmdan oşuvçi havo layneri 2266 kilometr masofagaça uçib bora oladi. Uning bortiga köpi bilan 6 nafar yölovçi ketişi mumkin. Bu samolyotning birinçi nusxasi AQŞda sotilgan bölsa, 2016 yil aprelidan Yevropa bozoriga ham yetkazila boşlangan. HondaJet narxi 4,5 mln dollar atrofida turadi.














