Xitoylik zobitlar Hindistonning şimolidagi Ladakx hududida suğoriş kanali qurilişini töxtatib qöygaç, hind va xitoy harbiylari qarama-qarşi pozitsiyaga turib olişdi. Bu haqida NDTV telekanali xabar berdi.
Manbaga köra, voqea Demçok sektorida röy bergan - hind işçilari Xitoy va Hindistonni ajratib turuvçi nazorat çiziği yaqinidagi qişloqlardan biridan mahalliy termal manbani boğlaşi kerak bölgan kanalning quriliş işlarini boşlaşgan. Taxminan 55 nafar xitoy harbiylaridan iborat otryad nazorat çiziğiga çiqib, qöpol şaklda qurilişni töxtatişni talab qilgan. Bunga javoban hind çegaraçilari bölimi xitoy harbiylariga qarşi pozitsiyani egallagan.
Mazkur bahsli hududdagi har qanday quriliş ikki tomondan muvofiqlaştirilişi zarurligi tufayli xitoy harbiylari kanal ustidagi işlarni töxtatişni talab qilişgan. Hindiston gap mudofaa inşootlari haqida ketsagina quriliş haqida ogohlantiriş kerakligini aytib, bu talabni rad qilmoqda.












