1 noyabrda Qirğizistonning Laylak tumani içki işlar organlariga 2 yoşli bolaning yöqolganligi töğrisida xabar kelib tuşdi. Bolakayni ikki kundan söng toğlardan yolğiz holda topişdi. Bu haqida mamlakat IIV matbuot xizmatida xabar berilgan. 

1 noyabr kuni ona 2 yoşli öğlini qarindoşlariga taşlab, öz işlari böyiça ketgan. Bola qarindoşlarining uyida öynab ötirgan. Taxminan soat 12larda katta yoşli qarindoşlar bolaning öynayotgan joyida yöqligini körib, uni qidira boşlaşgan. Qidiruv foyda bermagaç, ular içki işlar organlariga murojaat qilişgan. 

Organ xodimlari darhol bolani qidiriş işlarini boşlab yuborişgan. Militsionerlar bolani köçadan, qöşni mahallalardan qidirişgan, biroq topa olişmagan. 

Qidiruvning birinçi kuni natija bermagaç, tunda ham davom ettirilgan. Unga çegaraçilar ham jalb etilgan. 

Ertasiga qidiruv işlari yanada kengaytirilgan. Taxminan soat 15larda Adir-Toş nomli hududda, qişloqdan 10 kilometrdan ortiq radiusda operativ xodimlardan biri yöqolgan bolani qöşni toğ yonbağrida körib qolgan. 

Militsionerlar atrofni binoklda kuzatayotganda uzoqdan kiçik nuqtani körişgan, borib qaraşsa, bolakay çarçab, kuçsiz holda yotgan bölgan. Qalpoği va poyabzalini yöqotib qöygan. Bolani darhol mahalliy şifoxonaga yetkazişgan. 

Manbada ta'kidlanişiça, hozir bola ota-onasi bilan birga. 

Foto: Turmush.kg