Suriyadagi kurd kuçlari Turkiyaning Raqqani IŞIDdan ozod qiliş operatsiyasida iştirok etmasligiga AQŞ boşçiligidagi koalitsiya bilan kelişib olganini ma'lum qildi. Bu haqda Frans Press axborot agentligiga kurdlar vakili ma'lum qildi.

Koalitsiya quruqlikdagi kuçlar sifatida "Suriya demokratik kuçlari"dan foydalanib Raqqani ozod qiliş operatsiyasini taşkil qilmoqçi. Avvalroq Pentagon rahbari Eşton Karter Turkiya bu operatsiyada iştirok etişi mumkinligini, bu haqda muzokaralar olib borilayotganini ma'lum qilgandi. Kurdlar esa Turkiyaning operatsiyada iştirok etişiga qarşi çiqmoqdalar.

"Turkiyaning iştirok etiş masalasi koalitsiya bilan hal qilindi. Turkiya operatsiyada iştirok etmaydi", deb ma'lum qildi "Suriya demokratik kuçlari" vakili Talol Selo.

Turkiyada suriyalik kurdlarga mamlakatda taqiqlangan "Kurdiston işçi partiyasi" taşkilotining şoxobçasi sifatida qaraladi.