Portugaliyalik mutaxassis Joze Mourino fikriga köra, Çempionlar Ligasi finaliga «Barselona» va «Yuventus» klublari çiqadi.

«Hamma Kriştianu Ronaldu va Messi haqida gapirmoqda, biroq men «Yuventus» va «Barselona»ni tilga olgan bölardim. Bilaman, hamma e'tiborini kuçli futbolçilarga qaratadi, ammo murabbiy sifatida futbolni jamoaviy sport deb bilaman.

«Barselona» va «Yuventus» – Çempionlar Ligasi finaliga çiqişga asosiy da'vogardir. Şaxsan özim ingliz klublari, «Ayaks» va «Portu»ni kuzatib bormoqçiman.

«Barselona» va «Yuventus»da tajribali, iqtidorli va özgaça futbolçilar bor. Odatda, jamoada özgaça futbolçi bölsa, u yanada yaxşilanadi», – deb Mourino sözlarini keltirmoqda AFP.