4 noyabr kuni Özbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan Özbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Narimon Umarov Namangan viloyati saylovçilari bilan uçraşdi.

Tadbirda asosiy uçraşuv zali hamda tuman, şaharlardagi uçraşuv joylaridan jami 2800 nafarga yaqin saylovçi iştirok etdi. Zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari orqali amalga oşirilgan jonli muloqotda jamoatçilik vakillari, fuqarolarning özini özi boşqariş organlari faollari, mahalliy Kengaşlar deputatlari, partiyaning viloyat, tuman va şahar kengaşlari a'zolari, jurnalistlar qatnaşdi.

Tadbirni Namangan davlat universitetining katta öqituvçisi Ş.Bannayev olib bordi. Özbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodning işonçli vakili Özbekiston “Adolat” SDP Namangan viloyati Kengaşi raisi O.Maqsudov yiğilganlarga N.Umarovning tarjimai holi haqida batafsil ma'lumot berdi.

Prezidentlikka nomzod dastavval bugungi kunda yurtimizda keçayotgan keng kölamli islohotlar hamda bunyodkorlik işlarida namanganliklarning ham alohida hissasi borligini ta'kidlab ötdi. Viloyatda şahar va qişloqlar infratuzilmasi zamonaviy qiyofa kasb etib, odamlarning turmuş farovonligi yuksalayotgani, ötgan yillarda hududning öziga xos xususiyatlari hamda işlab çiqariş salohiyatidan kelib çiqib amalga oşirilgan ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar samarasida Namangan bugun industrial viloyatga aylanib borayotganini e'tirof etdi. Bunga misol sifatida birgina 2015 yilda viloyatdagi sanoat korxonalari tomonidan qariyb 2,7 trillion sömlik mahsulot işlab çiqarilganligiga töxtaldi.

Şu bilan birga, N.Umarov hududda kiçik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanişi, yangidan-yangi işlab çiqariş korxonalarining işga tuşirilayotgani hamda aholi soni köpayib borayotgani öz-özidan elektr energiyasiga bölgan talabning ortib borişiga sabab bölayotganligi xususida töxtaldi. 

Bu borada nomzod energiya sarfini iqtisod qilişni rağbatlantirişga qaratilgan zamonaviy texnologiyalarni keng miqyosda joriy etiş, mavjud muqobil energiya manbalaridan samarali foydalaniş orqali raqobatdoş energiya bozori yaratilişini rağbatlantiriş masalalariga alohida e'tibor qaratatişini qayd etdi. Viloyatining Pop tumanida işga tuşirilgan quyoş fotoelektr stansiyasi misolida sohaning istiqboli baland ekanligiga işonç bildirdi. Şuningdek, mazkur sohadagi qonunçilik hujjatlarini işlab çiqiş va qabul qiliş partiya deputatlik korpusi oldidagi ustuvor vazifalardan biri ekanligini qayd etdi.

Uçraşuvda viloyat aholisi nomzodning Saylovoldi dasturi yuzasidan öz mulohaza hamda takliflarini bildirib ötdi. Öz navbatida, Narimon Umarov uçraşuvlar iştirokçilarining köplab savollariga javob berdi va ularga e'tibor hamda işonç uçun minnatdorlik bildirdi.