Vinsent Van Gog umri davomida uni qöllab-quvvatlagan akasi Teoning fotihasi haqida xabar topgaç, öz-özini qiynaşni boşlagan.
Yozuvçi Martin Beyli tarixçilarni qariyb 130 yil davomida qiynab kelgan sirni oçişga muvaffaq böldi: 1888 yil 23 dekabrda rassom Vinsent Villem Van Gogni öz quloğini kesişga nima majburlagan? The Guardian xabar qilişiça, Beyli topgan hujjatlar öşa kuni rassom akasi Teoning unaştirilgani haqida maktub oladi.
Avvallari tarixçilar Van Gog va uning qöşnisi hamda zavoddagi hamkasbi Pol Gogenning janjallaşgani haqidagi talqinga işonib kelişgan. Unga köra, töqnaşuvdan söng rassom öz xonasiga qamalib, ustarani olib, quloğini kesib taşlaydi va uni qoğozga örab, fohişaxonaga yuboradi.
Ertasi kuni esa politsiya Van Gogni öz xonasida qonga belangan çoyşablar orasida huşsiz topadi.
Ötgan kungi hodisa haqida rassom heç nimani eslay olmaydi. Van Gogga umumiy aqldan oziş bilan ötkir maniya taşxisi qöyiladi va uni şifoxonaga joylaştirişadi. Aynan öşa yer, San-Remi-de-Provansda u "Yulduzli keça" asarini yaratadi.
Avvalgi talqinda tarixçilar Van Gog akasining unaştiruvi haqidagi maktubni quloğini kesganidan bir neça kun ötgaç öqiganini aytişadi. Biroq Martin Beyli "Janub studiyasi" yangi kitobida qayd etişiça, rassom maktubni Gogen bilan janjallaşgan kuni öqigan. Vinsentni ham moddiy, ham ma'nan qöllab kelgan akasi xatga 100 frank solib, avval uni rad etgan ayol, nihoyat akasining xotini bölişga rozilik berganini aytib ötadi.












