Kun.uz’ning “Geosiyosat” dasturi maxsus sonida mutaxassislar şu haqda söz yuritadi.
- “Katta öyin” atamasi nimani anglatadi va bu raqobat qaçon, nima sababdan boşlandi?
Bahrom Irzayev, tarixçi: Bu şartli nom, “Katta öyin”ning boşlanişini odatda 1813-yildagi Guliston sulhi bilan boğlaşadi. Guliston sulhi bilan, Eronning Qojorlar sulolasi va Rossiya örtasidagi uruş yakunlanib, Kavkazning katta qismi Rossiya nazoratiga ötdi. Rossiyaning şarqqa tomon real kirib borişi Yevropada juda jiddiy qabul qilindi. Şundan keyingi jarayonlar tarixçilar tomonidan bugun “Katta öyin” deb ataladi.
“Katta öyin” atamasini birinçi bölib ingliz zobiti Artur Konolli qöllagan. U sayyoh qiyofasidagi Britaniya razvedkaçisi bölgan. Biroq bu atamani dunyoga eng maşhur qilgan şaxs Rudyard Kipling böldi. U 1901-yil naşr etilgan “Kim” romanida bu atamani qöllagan. Şundan keyin “Katta öyin” tuşunçasi keng ommalaşib, asosan Markaziy Osiyo va Afğoniston ustidan nazorat va taʼsir uçun Buyuk Britaniya hamda Rossiya imperiyalari örtasidagi raqobatni anglatadigan böldi.
Ammo bu voqealar tugaganidan ança vaqt ötib, ular muayyan mafkuraviy va tarixiy qaraşlar asosida talqin qilina boşlandi. Bugun bu mavzudagi asarlar özbek tiliga tarjima qilinmoqda, özbek siyosatçilari va tarixçilari ham uşbu talqinlardan foydalanmoqda. Menimça, bu masalaga biroz boşqaça qaraş kerak. Bu – şaxsiy fikrim, men “Katta öyin” tuşunçasini hozirgi mavjud talqini bilan töliq qabul qila olmayman.
Çunki bu, bir tomondan, yevrotsentrik tarixiy qaraşlarning taʼsiri deb öylayman. Yaʼni voqealarga öşa tayyor ramka orqali qaralmoqda, göyoki Markaziy Osiyo Buyuk Britaniya va Rossiya örtasidagi raqobat natijasida taşkil topgan bufer hudud bölgan, göyoki Turkistondagi xonliklarning zaifligi ham şu nuqtayi nazardan izohlanişi kerak. Natijada esa öşa davr tarixçilari qanday talqin qilgan bölsa, biz ham köpinça şu talqinni takrorlayapmiz. Vaholanki, menimça, “Katta öyin”ni boşidan oxirigaça, avvalo, öz tarixiy nuqtayi nazarimizdan çuqur örganişimiz kerak. Şundan keyingina bu jarayonlarga nisbatan özimizning mustaqil ilmiy va tarixiy fikrimizni şakllantirişimiz lozim.
















