Hollivud yulduzi Bred Pitt rasman sudga murojaat qilib, özi va rafiqasi Anjyelina Joli uçun 6 nafar farzandi vasiyligini birdek taqdim etişni söragan. Bu haqda, People jurnali yozmoqda.

Pitt advokatlari tomonidan Kaliforniya sudiga yuborilgan hujjatlarda aytilişiça, Pittni barça farzandlari onasi bilan yaşaşi, Bred esa faqatgina ularni köra olişi mumkinligi töğrisida Joli bildirgan taklif qanoatlantirmaydi. Biroq, hozirça, bu masala yuzasidan yakuniy qaror çiqarilmagan. 

Associated Press agentligi xabariga köra, sud qaroriga Pittning farzandlariga nomunosib muomala qilgani xususida olib borilayotgan tergov natijasi ta'sir etişi mumkin. Joli bunday hollar bölib turganini ta'kidlayotgan bölsa, aktyor bu ayblovlarni rad etmoqda. 

Odatda, Kaliforniya sudlari aksar hollarda farzandlar borasida ota va onaga birdek vasiylik huquqlarini taqdim etadi. Şu bilan birga, Joli va Pitt sud qarorini kutmasdanoq, özlari kelişib olişlari ham mumkinligi aytilmoqda.