«Örgimçak odam: Yangi kun» filmi Şimoliy Amerika prokatida ilk dam oliş kunlarida 355 million dollar töplab, Hollivud tarixidagi ikkinçi eng yaxşi debyut natijasini qayd etdi.
Reuters agentligi ma’lumotiga köra, uşbu körsatkiç filmni 2026 yilda AQŞ va Kanadada namoyiş etilgan eng serdaromad premeraga aylantirgan.
Kartina xalqaro bozorlarda ham yuqori natija körsatdi. AQŞ va Kanadadan taşqari mamlakatlarda filmning kassa tuşumi 572 million dollarga yetgan. Şundan 121 million dollari Xitoy prokati hissasiga töğri keladi.
Umuman olganda, film ilk uikendning özida dunyo böyiça 927 million dollar daromad töplagan.
Şu bilan birga, «Örgimçak odam: Yangi kun» Şimoliy Amerikada koronavirus pandemiyasidan keyingi davrda eng yuqori kassa tuşumini qayd etgan film böldi.
AQŞ va Kanada prokati tarixidagi eng muvaffaqiyatli debyut sifatida hamon 2019 yilda namoyiş etilgan «Qasoskorlar: Intiho» filmi qolmoqda. Tom Xolland boş qahramon rolini ijro etgan yangi «Örgimçak odam» uşbu rekorddan atigi 2 million dollar ortda qolgan.
Film superqahramonlar haqidagi kartinalarga global auditoriya qiziqişi pasayib borayotgani haqidagi fikrlarga qaramay, katta muvaffaqiyatga erişdi.
Örgimçak odam Marvel komikslari olamining eng maşhur qahramonlaridan biri hisoblanadi. Reuters qayd etişiça, mazkur personaj superqahramonlar janriga nisbatan muayyan çarçoq kuzatilayotgan şaroitda ham tomoşabinlar uçun jozibadorligini saqlab qolmoqda.
«Örgimçak odam: Yangi kun» Tom Xollandning 2016 yildan buyon mazkur qahramon obrazida törtinçi bor paydo bölişi böldi. Yangi film syujyeti boş qahramonning yolğizlik hissi va boşqa insonlar bilan yaqin munosabat örnatişga bölgan intilişiga asoslangan.
Agentlikka köra, aynan şu ruhiy va insoniy mavzular kinotanqidçilar hamda jahon auditoriyasi tomonidan ijobiy qabul qilingan.

















