Italiyada kuçli böron oqibatida 2 kişi halok böldi. Yana 10 kişi jarohat oldi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda. 

Tabiiy ofat Rim va poytaxt joylaşgan Latsio viloyatiga töğri keldi. Rim markazida kuçli şamol oqibatida inşootlarga ançagina şikast yetgan. Ma'lum qilinişiça, uylarning yuqori qavatlari qisman vayron bölgan.

Halok bölganlardan biri hindistonlik 25 yoşli yigit bölgan. Unga ibodatxonadan ajrab çiqqan karniz bölagi tekkan. Yana bir qurbon Rimdan şimolda joylaşgan Çezano şahrida yaşovçi 61 yoşli erkak bölgan. Uning halok bölişiga şamol bilan qöporib taşlangan daraxt sabab bölgan.

Şuningdek, böron oqibatida Italiyaning markaziy şaharlarining köplab köçalari suv ostida qolgan. 

Eslatib ötamiz, 31 oktabrda Italiyada 6,5 magnitudali zilzila yuz bergandi. Zilzila kuçi bir neça markaziy tumanlarda sezilgan. Zilzila markazi Rimdan 132 km uzoqlikda bölgan.