«Dunyo» axborot agentligi xabariga köra, özbekistonlik mutaxassislar Italiyada ilk bor mavsumiy mehnat faoliyatini boşlagan. Loyiha iştirokçilari ikki oy davomida italyan tilini örganib, tegişli treninglardan ötgan. Ular SALVI kompaniyasida meva-sabzavotlarni qayta işlaş işlariga jalb qilingan.

29-oktabr kuni Italiyaning Emiliya-Romanya hududida loyihaning boşlanişiga bağişlangan marosim ötkazilgan. Unda Namangan viloyati hokimi Şavkatjon Abdurazzoqov hamda Özbekistonning Italiyadagi elçisi Abat Fayzullayev iştirok etgan.

Taşrif davomida özbekistonliklarning yaşaş va iş şaroitlari közdan keçirilib, ularning fikr-mulohazalari örganilgan. Işçilar maoş yuqori ekanini, yotoqxona va transport vositalarini iş beruvçi taqdim etayotganini bildirgan.

Kompaniya rahbariyati bilan uçraşuvda özbekistonliklarning mehnatsevarligi va tez örganuvçanligi qayd etilgan. Xorijiy tomon kelgusida qişloq xöjaligi sohasiga yana ming nafar işçini qöşimça yollaş rejasini maʼlum qilgan.

Mazkur dastur özbekistonliklarning bandligini taʼminlaş bilan birga, Italiyaning qişloq xöjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta işlaş sohasidagi tajribasini örganiş hamda Özbekistonda joriy etişga qaratilgan.

Loyiha doirasida Italiyaga işlaş uçun boradigan fuqarolar sonini bosqiçma-bosqiç köpaytiriş va yangi iş örinlarini oçiş közda tutilgan.