Angliya Premer-ligasining 11-turida "Suonsi" jamoasi öz maydonida "Mançester Yunayted"ga qarşi maydonga tuşdi. Joze Mourino şogirdlari uçraşuvni juda yaxşi boşlaşdi va 15-daqiqada Pol Pogbaning aniq zarbasidan keyin hisobni oçdi. Oradan biroz vaqt ötib esa Zlatan Ibrahimoviç katta sahnaga çiqdi. U birin-ketin "oqquşlar" darvozasini işğol qildi. Bunga esa ikkinçi taymda "Suonsi" a'zosi bir bor javob qaytardi. Şunday qilib, Mourino şogirdlari 3:1 hisobidagi ğalabani qölga kiritdi. Natijada, "Mançester Yunayted" ketma-ket tört öyindagi ğalabasiz seriyasiga barham berdi.
Suonsi – Mançester Yunayted 1:3 (0:3)
Gollar: 0:1 – 15 Pogba, 0:2 – 21 Ibrahimoviç, 0:3 – 33 Ibrahimoviç, 1:3 – 69 van der Xorn.
Suonsi – Fabianski, van der Xorn, Kingsli, Ranxel, Mouson, Rautledj (Barrou, 46), Britton (Fer, 70), Ki Son Yen, Sigurdsson, Baston, Lorente (Montero, 46).
Mançester Yunayted – De Xea, Djons, Roxo, Darmian, Mata (Lingard, 81), Pogba, Fellayni, Kerrik, Yang, Runi (Şnayderlin, 89), Ibrahimoviç.
Ogohlantirişlar: Ibrahimoviç (76), Mata (80).
Manba: tribuna.uz












