Pininfarina dizaynerlari (Italiya) siyohsiz yozadigan ruçkaning yangilangan versiyasini namoyiş qilişdi. Bu haqida Luxurylaunches naşri xabar berdi. 

Ruçka modelining nomi Aero bölib, uning uçi qoğozga tegib oksidlanuvçi metall qotişmadan tayyorlangan. Işlab çiqaruvçilarning sözlariga köra, yozuv qurolining korpusi "abadiy"dir, bu ruçkani avloddan avlodga merosi qilib qoldiriş mumkin. 

Ruçka taşqi körinişidan gorizontal sakkizlik - abadiyat ramzini eslatadi. Yangi ruçka sotuvga çiqqan bölib, uning narxi 120 yevroni taşkil qiladi. 

2016 yilning sentabrida soatlar va yozuv qurollari işlab çiqaruvçisi bölgan Montblanc qölda yozilgan matnni smartfonga köçiriş imkonini beruvçi maxsus qurilma - virtual qoğozni işlab çiqqandi. Qoğozdagi yozuvni smartfonga köçiriş uçun smartfonga maxsus ilovani örnatiş kifoya. Qurilma raqamli grafik planşet, maxsus yoziş quroli, bloknot va zaryadlaş uçun USB-kabel bilan ta'minlangan.