Rossiyaning LDPR partiyasi yetakçisi Vladimir Jirinovskiy AQŞ fuqarolari navbatdagi prezidentlik saylovlarida respublikaçi Donald Trampga ovoz berişlari kerakligini aytdi. Rossiyalik siyosatçi amerikaliklarga, şu jumladan demokratçi nomzod Xillari Klintonga murojaat qilgan intervyu Channel 4 telekanalining feysbukdagi sahifasida çop etildi. 

Videoda Jirinovskiy buzuq ingliz tilida Klinton AQŞ prezidenti lavozimiga töğri kelmasligini, çunki u na Yevropaga, na Yaqin Şarqqa va na Rossiyaga tinçlik va farovonlik tilamasligini tuşuntirişga harakat qilgan.

Jirinovskiy avval ham Trampni qöllab-quvvatlab çiqqandi. U 1 noyabrda amerikaliklar Trampga ovoz berişga tayyorliklari va buni istaşlarini, biroq OAV Klinton foydasiga "aldayotgani, xalqni qallobliklarga ruhiy tayyorlayotganini" aytgandi. 

"Xillari Klinton – bu partnomenklatura, u sinalgan va qulay nomzoddir. Avval uning erçasi Bill dunyo moliya elitasi bilan boğlangan bölgan, endi esa uning rafiqasi boğlangan. Donald Tramp esa mustaqil, mana şuning uçun ham unga hujum qilinmoqda", deb aytgan Jirinovskiy.