Misr arab respublikasi Saudi Aramco kompaniyasining mahsulotlari örnini töldiriş maqsadida xalqaro bozorga çiqişni rejalaştirayapti, deb bayonot bergan Misr neft vaziri Toriq al Molla jurnalistlar bilan uçraşuvida.
"Biz xalqaro bozorga çiqamiz. Bizning qarorimiz narx va imkoniyatlarga boğliq. Bu bozor… Biz Misr va xalqi manfaatlari uçun mahsulot yetkazib beruvçini qidiramiz", — degan neft vaziri Saudiya Arabistonining Saudi Aramco kompaniyasi bilan boğliq vaziyatga baho berar ekan.
Toriq al Mollaning sözlariga köra, şu paytga qadar, Saudi Aramco kompaniyasi Misr ehtiyojlarining uçdan birini qoplab kelgan. Garçi u şartnomalar muddati borasida aniq fikrni bildirmagan bölsa-da, bitimga taklif etilajak şartlar ijobiy ta'sir körsatişini ta'kidlagan.
"Biz yirik iste'molçimiz va dunyoning barça mamlakatlaridagi işlab çiqaruvçilar bilan hamkorlik qilamiz. Bizda bozordan bizga zarur bölgan narsani xarid qiliş borasida çeklov yöq", — deb ta'kidlagan Misr vaziri.
Uning aytişiça, Misr bir neça yillardan beri "Rosneft"dan neft xom-aşyosini xarid qiladi.
Misr neft vazirligi Saudiya Arabistoni noma'lum muddatga neft yetkazib berişni töxtatganini tasdiqlagan edi.












