Donald Tramp tarafdorlari prezidentlik saylovlaridagi ğalabani nişonlaş uçun Oq uy oldiga töplandi. Marosimda yuzlab kişilar iştirok etgan.

Ularning ba'zilarida vino butilkalari bölgan, köçada örnatilgan kolonkalarda rok ohanglari yangray boşlagan.

"Bu çinakamiga yangi kun!", deya hayqirgan taşrif buyurganlardan biri. Yana kimdir kuylagan, ba'zilar Trampning dasturini muhokama etişgan. Asosiy e'tibor musulmonlarni mamlakatga kiritişni ta'qiqlaşga qaratilgan.

"Menga uning savdo hamda muhojirlar masalasi böyiça ğoyalari yoqdi. Bu mamlakat hozirda deyarli himoyasiz qolgan", - degan yoş yigitlardan biri TASS muxbiriga. Mitingning boşqa bir iştirokçisi, Mayk ismli yigit şunday deydi: "Tramp - ğolib, bizga hozir aynan şu kerak edi".

"Axir Obama mamlakatimizni yomon körardi. Uning dasturlaridan heç biri işlamadi. Ayniqsa, "Obamaker" (soğliqni saqlaş sohasida - tahr. TASS). Men şu vaqtgaça uning davridagi kabi tarqoqlikni körmagandim", - deya qöşimça qilgan u.

Miting tinç ötgan. Qaysidir pallada 2 yigit jiqillaşib qolgan, ammo atrofdagi kişilar ularni ajratgan. Bu muştlaşuvning aniq sababi aytilmadi, köp ehtimol bilan ulardan biri Trampga qarşi bölgan.

"Odamlar ovoz berişdi, ular öz huquqlaridan foydalanişdi", - deya baqirgan respublikaçilarning tarafdorlaridan biri.