AQŞ Kongressiga oraliq saylovda respublikaçilarning mağlubiyatga uçraşi Oq uydagi kayfiyatni tuşirib yubordi. Donald Tramp qattiq ğazablandi va atrofidagilar bilan deyarli gaplaşmayapti, deb xabar berdi The Daily Mail.
«Qarorgohda juda tuşkun muhit hukm surmoqda. Vaziyat oğir», - dedi naşrga yuqori martabali amaldorlardan biri.
Oraliq saylovning dastlabki natijalariga köra, Demokratik partiya AQŞ Kongressining ikkala palatasida ham köpçilik örinni qölga kiritdi. Demokratlar Vakillar palatasida 241 ta, Senatda esa 54 ta örinni naqd qildi. Quyi palatada köpçilik böliş uçun 218 ta, yuqori palatada esa 51 ta mandat zarur.
Donald Tramp sönggi 20 yil içida partiyasi oraliq saylov natijasida Kongressning birdaniga ikkala palatasini ham boy bergan birinçi prezidentga aylandi (oxirgi marta bunday holat 2006-yilda kiçik Jorj Buş bilan sodir bölgan edi).
Respublikaçilar mağlubiyatining kölami ayon bölgaç, Tramp ğazabini yaşirmadi va atrofdagilar bilan deyarli gaplaşmadi, deb yozdi naşr.
«U Fox News’ni deyarli lom-mim demay tomoşa qilyapti va göyo sukutdan qotib qolgandek», - deb sözlab berdi prezidentga yaqin manba The Daily Mail naşriga.
Respublikaçilar mağlubiyatining kölami oydinlaşgani sayin, Tramp tarafdorlari Oq uyning Şarqiy zalida ovozlarni sanaş jarayonini kuzatiş uçun uyuştirilgan keçani tark eta boşladi. Avval maʼmuriyatning yuqori martabali xodimlari, söngra Vazirlar Mahkamasining ayrim aʼzolari ketdi. Keça avvalida iştirok etgan davlat kotibi Marko Rubio keyinroq közdan ğoyib böldi.
Keçga yaqin, Vakillar palatasida demokratlar ğalaba qozongani maʼlum bölgan vaqtga kelib, zal deyarli böşab qolgan edi. Baʼzi xodimlar nafaqat ziyofatni, balki Oq uyni ham tark etib, Vaşingtondagi yaqin atrofdagi barlarga yöl oldi.
Şu bilan birga, Oq uyning yuqori martabali amaldorlari saylovdagi mağlubiyat uçun aybdor deb hisoblayotgan şaxslar - davlat kotibi Marko Rubio va mudofaa vaziri Pit Hegsetning nomini aytişga ham ulgurişdi.
«Agar Eron bilan uruş bölmaganida, bugungi oqşom butunlay boşqaça keçgan bölardi. Işonamanki, oxir-oqibat AQŞ prezidenti Hegsetni javobgarlikka tortadi», - dedi naşrga amaldorlardan biri. Gazetaning boşqa bir manbasi esa Rubioning siyosiy faoliyati, katta ehtimol bilan, yakuniga yetganini bildirdi. Uning fikriça, bu Trampning taşqi siyosatiga taʼsir körsatgan boşqa respublikaçilarga ham taalluqli bölişi mumkin.












