AQŞdagi prezidentlik saylovlari yakunlanişi va unda Donald Tramp ğalaba qozonişi ortidan Kubada «duşmanona harakatlar»ga qarşi qaratilgan 5 kunlik harbiy maşğulotlar boşlanadi. Bu haqda Reuters xabar bergan.

Agentlik ma'lumotiga köra, Kuba bu harbiy maşğulotlarni AQŞdagi saylov natijalari bilan töğridan-töğri boğlamayapti. 

Lekin Tramp Barak Obama öz lavozimini tark etişidan keyin bu mamlakat bilan uning davrida yaxşilangan munosabatlarni qayta körib çiqiş haqida bildirgandi.

«Bu bayonot böyiça rasmiy munosabat bildirilmadi», — deyilgan agentlik xabarida.

Respublikaçilar partiyasi nomzodi Donald Tramp AQŞda prezident saylovlarida ğolib böldi. U 279ta saylovçi ovozini oldi va 218ta ovoz yiqqan demokratlar vakili Hillari Klintonni yengdi.