Kuba 2026-2027 öquv yilini belgilangan muddatda boşlaşga tayyorgarlik körmoqda. Ammo mamlakatdagi yoqilği, elektr energiyasi, transport va zarur mahsulotlar tanqisligi maktablarni ham oğir şaroitda qoldirgan, deya yozadi Reuters.
Kuba taʼlim vaziri Naima Truxilo mamlakatdagi vaziyat murakkabligiça qolayotganini bildirgan. Uning taʼkidlaşiça, umuman yangi öquv yilini boşlaşning özi bu şaroitda katta natija hisoblanadi.
Öqituvçilar nega maktablarni tark etmoqda?
Kubada pedagoglar tanqisligiga asosiy sabablardan biri – iş haqining pastligi va mamlakatdagi iqtisodiy qiyinçiliklar. Inflyatsiya şaroitida öqituvçilarning daromadi kundalik ehtiyojlarni qoplaşda yetarli bölmay qolgani sababli ularning bir qismi yaxşiroq haq tölanadigan boşqa işga ötgan, yana bir qismi esa mamlakatni tark etgan.
Bu muammo yangi emas: tadqiqotlar Kubada öqituvçilarning boşqa sohalarga ketişi 1990-yillardan beri davom etayotgani va bu pedagoglar tanqisligini uzoq muddatli muammoga aylantirganini körsatadi.
Yangi öquv yilida bu böşliqni töldiriş uçun universitet talabalari, boşqa sohalar mutaxassislari va nafaqadagi öqituvçilar darslarga jalb qilinadi. Qöşimça yuklama oladigan pedagoglar uçun qöşimça haq tölaş rejalaştirilgan.
Mamlakat poytaxti Gavanada vaziyat ança keskin. U yerda öqituvçilar yetişmasligini qisman qoplaş uçun mamlakatning şarqiy hududlaridan qariyb 3 ming nafar pedagog yuboriladi.
Öquvçilarga maktab formasi ham yetişmayapti
Muammo faqat kadrlar masalasi bilan çeklanmaydi. Kubada elektr energiyasi uzilişi va işlab çiqarişdagi qiyinçiliklar maktab formalari taʼminotiga ham taʼsir qilgan. Rasmiy maʼlumotlarga köra, boşlanğiç sinf öquvçilari uçun zarur maktab formalarining atigi 12 foizi işlab çiqarilgan.
Şu sabab Taʼlim vazirligi maktablarni kiyiniş masalasida moslaşuvçan bölişga çaqirdi. Öquvçilar maktab formasi örniga qulay kiyimda, anʼanaviy qizil galstuklari bilan darsga kelişlari mumkin.
Elektr va transport muammosi ham maktablarga taʼsir qilmoqda

















