Londonning janubida tramvay töntarilişi oqibatida 5 kişi halok böldi va önlab odamlar jarohat oldi. Bu haqda britan OAV xabar bermoqda.
Voqea mahalliy vaqt bilan soat 6.00da yuz bergan. Tramvay Kroydon tumanida relsdan çiqib ketib, ağdarilib ketgan. 50 dan köproq odam şifoxonaga yetkazilgan. Britaniya transport politsiyasi tramvay haydovçisini hibsga olgan.
"Mening öylarim va duolarim Kroydonda tramvay bilan yuz bergan dahşatli avariyada jabrlanganlar bilan birga", deb aytgan Britaniya boş vaziri Tereza Mey.
Bu hamdarliklarga London meri Sodiq Xon ham qöşilgan. Ta'kidlanişiça, politsiya voqea haqida ma'lumot oliş uçun "qaynoq liniya" oçgan.















