«Dunyo» axborot agentligi xabariga köra, Özbekistonga taşrif buyurgan delegatsiyaga Fransiya Yevropa va taşqi işlar vazirining şaharlar va transportni barqaror rivojlantiriş masalalari böyiça maxsus vakili Jerar Volf boşçilik qilgan.

Taşrif doirasida Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida muzokaralar ötkazilgan. Unda Alstom, SUEZ, Veolia, EDF, MND, Dassault Systèmes, IVECO hamda Wilmotte & Associés kompaniyalari vakillari qatnaşgan.

Tomonlar energetika, transport, suv taʼminoti, kommunal xöjalik, raqamlaştiriş, turizm va şaharsozlik sohalariga Fransiya investitsiyalari hamda zamonaviy texnologiyalarini jalb qiliş imkoniyatlarini muhokama qilgan. Şahar infratuzilmasini modernizatsiya qiliş va kommunal tizimlar samaradorligini oşirişga alohida eʼtibor qaratilgan.

Delegatsiya Yangi Toşkentga ham borib, hamkorlikning aniq yönalişlarini körib çiqqan. Tramvay qatnovidan taşqari, suv tozalaş tizimlarini rivojlantiriş, issiqlik taʼminotini modernizatsiya qiliş, qayta tiklanuvçi energiya manbalari va «aqlli şahar» texnologiyalarini joriy etiş masalalari muhokama qilingan.

Yangi şaharda turizm infratuzilmasini rivojlantiriş ham hamkorlik yönalişlaridan biri sifatida körib çiqilgan.

Şuningdek, Fransiya taraqqiyot agentligi va ixtisoslaşgan kompaniyalar bilan aloqalarni kengaytiriş imkoniyatlari muhokama qilingan. Uçraşuvlar yakunida tomonlar qöşma investitsiya taşabbuslarini ilgari surişga qiziqiş bildirgan.